Baykal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baykal
53°18′10″N 108°0′17″E / 53.30278°N 108.00472°E / 53.30278; 108.00472 G OKoordinatalari: 53°18′10″N 108°0′17″E / 53.30278°N 108.00472°E / 53.30278; 108.00472 G O
MamlakatRossiya Rossiya
Yuzasi31 500 km²
Tushuvchi daryolarSelengaBarguzinYuqori Angara
Oqib chiquvchi daryoAngara

Baykal yoki Baikal (turkiycha Boykoʻl; buryatcha: Байгал далай; moʻgʻ.: Байгал нуур) - Sharqiy Sibirning janubidagi chuchuk suvli koʻl. 456 m balandlikda joylashgan, togʻlar bilan oʻralgan. Maydoni 31,5 ming km². Uzunligi 636 km, oʻrtacha eni 48 km. Baykal dunyodagi eng chuqur (1620 m gacha) koʻl. Tektonik jarayonlar natijasida vujudga kelgan. Baykalga 336 daryo (shu jumladan Selenga, Barguzin, Yuqori Angara va boshqalar) quyiladi, Angara daryosi oqib chiqadi. Koʻlda 27 orol bor. Yanvarda muzlab, mayda muzdan boʻshaydi. Baykalda qariyb 1800 tur flora va fauna uchraydi. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi, yogʻoch tashiladi. Baykal sohilida Slyudyanka, Baykalsk shlari joylashgan. Listvyanka shaharchasida Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʻlimining Limnologiya instituti bor. Selenga daryosining quyi oqimi Rashiduddin (1247 —1318) asarida Barkoʻjin yoki Barkoʻjin-toʻkum deyilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil