Qashqadaryo okrugi
| ||
Mamlakat | SSSR | |
---|---|---|
Tegishli | OʻzSSR | |
Maʼmuriy markazi | Behbudiy | |
Yirik shahari | Behbudiy | |
Asos solingan sanasi | 1926-yil | |
Bekor qilingan sanasi | 1938-yil | |
Aholi (1926) | 343,4 ming kishi | |
Maydoni | 29,9 ming km² | |
Xaritada |
Qashqadaryo okrugi – Oʻzbekiston SSR tarkibidagi maʼmuriy-hududiy birlik, 1926—1930-yillarda hamda 1935—1938-yillarda OʻzSSRning janubida mavjud boʻlgan okrug.
Okrug 1926—1930-yillarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qashqadaryo okrugi 1926-yilda tashkil topgan. Okrug markazi etib Behbudiy shahri belgilandi.
1929-yilga kelib okrug 8 tumanga boʻlingan: Beshkent, Kitob, Koson, Tangiharam, Yakkabogʻ, Gʻuzor, Shahrisabz va Chiroqchi[1].
1930-yil 30-iyul Qashqadaryo okrugi SSSRning aksariyat okruglari kabi tugatildi. Uning tumanlari bevosita Oʻzbekiston SSRga boʻysunuviga oʻtkazildi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Okrug aholisi 1926-yilda 343,4 ming kishini tashkil etgan edi. Ulardan oʻzbeklar – 87,5%; tojiklar – 6,4%; arablar – 2,3%; ruslar – 1,4%; turkmanlar – 1,2%. Aholining yashash hududlariga koʻra (mustaqil Oʻzbekistonning hududiy boʻlinish holatida) oʻzbeklar barcha hududlarda bir tekis tarqalgan, tojiklar Koson, Kitob va Qamashi tumanlarida salmogʻi yuqori boʻlgan, rus millatiga mansub aholi esa asosan Qarshi va Shahrisabz tumanlari yashab kelgan. Shuningdek turkman millati vakillari Mirishkor, Muborak, Kasbi tumanlarida, arablar esa Koson va Qarshi tumanlarida istiqomat qilgan.
Okrug 1935—1938-yillarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Markazi Behbudiy shahrida boʻlgan Qashqadaryo okrugi Oʻzbekiston SSRning chekka hududlarini boshqarishda qulaylik yaratish maqsadida 1935-yilda qayta tashkil etilgan. Uning tarkibiga 9 ta tuman: Behbudiy, Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Yakkabogʻ, Gʻuzor, Shahrisabz va Chiroqchi tumanlari tashkil etilgan[2]. 1938-yilda respublikada hududiy boʻlinish joriy etilgandan soʻng u Buxoro viloyati tarkibiga kirdi va tez orada tugatildi. Oʻzbekiston SSR tarkibida Qashqadaryo okrugi yana Surxondaryo okrugi bilan qoʻshib yuborilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Administrativnoe delenie Soyuza SSR. M., 1929.
- ↑ [elib.shpl.ru „Административно-территориальное деление Союза ССР : Крат. справочник на 1 сентября 1935 г. - М., 1935.“] (2013-yil 1-yanvar). 2022-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan.