Buxoro okrugi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buxoro okrugi



okrug
Tegishli Oʻzbekiston SSR
Maʼmuriy markazi Buxoro
Asos solingan sanasi 1926-yil
Bekor qilingan sanasi 1930-yil 30-iyul
Aholi 389,8 ming kishi (1926)
Maydoni 16,1 ming km²
Xaritada

Buxoro okrugi — Oʻzbekiston SSR tarkibida 1926—1930-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buxoro okrugi 1926-yilda tashkil topgan[1]. Markazi Buxoro shahri.

1929-yilga kelib okrug tarkibida 8 ta tuman boʻlgan: Buxoro, Vobkent, Gʻijduvon, Qorakoʻl, Yangi Buxoro, Romitan-Xayrobod, Sultonobod va Shafrikent.

1930-yil 30-iyulda SSSRning aksariyat okruglari singari Buxoro okrugi ham tugatildi. Uning tumanlari bevosita Oʻzbekiston SSR boʻysunuviga oʻtkazildi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1926-yilda okrug aholisi 389,8 ming kishi boʻlgan. Shundan o‘zbeklar 82,5%, tojiklar 6,8%, ruslar 3,3%, forslar 1,4% ni tashkil etgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Аdministrativnoye deleniye Soyuza SSR (rus tilida), Moskva, 1929. 
  2. „Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1926 goda. Natsionalniy sostav naseleniya po regionam respublik SSSR“ (rus tilida).