Qamariya masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Qamariya masjidi
arabcha: جامع قمرية
Masjid minorasi (2021-yil)
Mamlakat  Iroq
Shahar Bagʻdod
Yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Abbosiylar meʼmorchiligi
Holati amaldagi

Qamariya masjidi (arabcha: جامع قمرية) Bagʻdoddagi eng qadimiy masjidlardan biri hisoblanadi. U Abbosiylar davrida qurilgan. Bu masjid Karx tumanida,Dajla daryosi sohilida joylashgan. 400 dan ortiq namozxonga moʻljallangan keng namozxona hisoblanadi[1].

Masjid Bagʻdoddagi Abbosiylar davrining oʻziga xos arxitektura obyekti boʻlganligi bilan ahamiyatlidir, chunki u bir necha bor ketma-ket turli davlatlar tomonidan qayta taʼmirlangan, biroq shunga qaramay, oʻzining meʼmoriy qiymatini saqlab qola olgan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Qamariya Abbosiylar xalifasi an-Nosir oilasidan boʻlgan ayolning ismi ekanligi aytiladi. Bu nom hudud joylashgan yerning nomi ekanligi xususida ham bir qator fikrlar bor. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, masjid nomining kelib chiqishiga sabab boʻlgan inson sifatida Mansur al-Qumri ham koʻrsatilgan. Uni kim qurganligi ahamiyatli. Baʼzi tarixchilar uni an-Nosirning binolaridan biri deyishsa, boshqalari esa masjidni xalifa al-Mustansirga tegishli deb aytishadi. Shuningdek, ayrim manbalarga koʻra, inshoot an-Nosir davrida 1216–1225-yillar oraligʻida qurilgan boʻlishi ham mumkin. Uning qurilishi uch davrni oʻziga qamrab oladi, shuning uchun qurilishi avval an-Nosir, keyin az-Zohir, yakunda esa al-Mustansir I davrida 1226–1242-yillar oraligʻida qurilgan. Yillar davomida masjid koʻplab suv toshqinlari va Huloku boshchiligidagi moʻgʻullar tomonidan Bagʻdodni qamal qilinishi natijasida vayrona holga kelib qolgan. Qamaldan oʻn yil oʻtgach, masjid Ota-Malik Juvayniy tomonidan qayta tiklangan. Masjid keyinroq yana vayronaga aylanib, qulab tushadi, poydevori esa eroziyaga uchraydi. To Bagʻdodning Mamluk hokimi Said Posho uni qayta tiklab, binoni qiblaga tomon yoʻnaltirgunga qadar vayrona holatida saqlanadi. Shuningdek, Said Posho masjid tarixini sheʼriy misralar yordamida masjid mehrobiga yozdirgan. Masjid 1980-yilda Avqof va Din ishlari vazirligi tomonidan taʼmirlangan va bugungi kungacha faoliyat koʻrsatmoqda[3][4].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid oʻzining qadimiyligi va tarixiy ahamiyati bilan ajralib turadi. Mahmud al-Aluskiy fikriga koʻra, qiblaga yoʻnaltirilganligi sababli ham u geografik jihatdan Bagʻdoddagi eng toʻgʻri masjidlardan biridir. Uning maydoni 2000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Masjidning minorasi gʻisht va ganchdan ishlangan boʻlib, tepasida yupqa qalinlikdagi oltita gumbaz bor[3]. Minora ustki qismi poydevordagi bosimni yengillashtirdi, minoraning tepasi esa chiroyli bezak va geometrik shakllarga ega boʻlgan koʻk va oq koshinlar bilan bezatilgan[5]. Minora oʻziga xos xususiyati va shakli bilan ham ahamiyatlidir, uning silindrsimon shaklining noodatiy nisbati bilan anʼanaviy Bagʻdodiy minoralardan farq qiladi[2]. Masjid devorlari quyidagi sheʼriy misralar bilan bezatilgan:

Allohni zikr qilish uchun masjidlar barpo etildi, ularning binosi hamon fayzga toʻla

U yerda masjid bor edi, devorlari chirib ketganida uni koʻrib, men titrab ketdim

Va u toshloq joyga aylandi, qushlar uning ustida uchar edi soʻng uning ustunlari mustahkamlandi va qayta tiklanishi bilan ular tinchlandi.

Uni Adliya vaziri qurdirgan, keyin unda minoralarni bunyod etish bilan qurilishni tugatgan

Xalifalik davridagilardan Sulaymonni, vazirni, xalifani koʻrasiz

Uning sevgilisi Said, Alloh gʻalabasini muborak qilsin va bizlarni eng yaxshi tarzda u bilan xursand qilsin

U masjidda namoz afsonalari paydo boʻldi va al-Hada ustunlarni qurdirdi va uni boshqalar ham yoqtirdi

Ish tugaguniga qadar Qamariya masjidida yashovchi baxtli tarixchi edim[4]

Masjid devorlariga Abd ar-Rahmon as-Suvaydiy ismli shayx tomonidan yozilgan bitiklar orasida quyidagi misralar ham mavjud:

Oysha al-Xayr esa tahorat joyida yashab, koʻp saroylar bunyod etdi

Va unda, suv toshqinida, zilzilada abadiy chanqoqliklarni qondirdi.

Ular iymonlari bilan yengil tortdilar (Robbilari ularga tozalovchi ichimlik berdi)[4]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The Baghdadis, their news and councils – authored by Ibrahim Abd al-Ghani al-Droubi – Baghdad 1958 AD – Qamariya Khatoun Mosque
  2. 2,0 2,1 „الگاردينيا - مجلة ثقافية عامة - جامع قمرية.. تاريخ شاخص منذ أكثر من7 قرون“. www.algardenia.com. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  3. 3,0 3,1 „جامع القمرية في بغداد - موقع قسم الشؤون الدينية - العتبة العلوية المقدسة“. tableegh.imamali.net. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Av天堂午夜精品一区二区三区,国产精品无码Av无码,亚洲Av日韩Av一区谷露“. 2017-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-noyabr. . Archived from the original (Wayback Machine saytida 2017-01-19 sanasida arxivlangan) on 2017-01-19.
  5. „جامع قمرية في بغداد“ (ar). ملتقى المؤرخين اليمنيين. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun. „جامع قمرية في بغداد“ (Wayback Machine saytida 2023-06-04 sanasida arxivlangan). ملتقى المؤرخين اليمنيين (in Arabic). Retrieved 2023-06-04.