Psixiatriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Psixiatriya (psixo ... va yun. Iatreia — davolash) — klinik tibbiyot sohasi. Psixik kasalliklarning kelib chikish sabablari, belgilari va rivojlanish mexanizmlarini oʻrganadi, ularning oldini olish, davolash va bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish usullarini ishlab chiqadi.

Psixik kasalliklarni dastlab yunon vrachlari oʻrgana boshlaganlar. Gippokrat psixik kasalliklar ham boshqa kasalliklar kabi tashqi muhitning organizmga salbiy taʼsiri natijasida paydo boʻlishini birinchi bor aytgan. Abu Ali ibn Sino ham asab va ru-hiy kasalliklarni davolash ishiga koʻpgina yangiliklar kiritgan. U psixik kasalliklar haqidagi xurofiy tushunchalarni (mas, bu kasalliklarni jinlar keltirib chiqaradi degan fikr-ni) rad etib, asab va ruhiy kasalliklar ham boshqa kasalliklar kabi tashki muhitning odam organizmiga salbiy taʼsiridan va organizmning oʻzida roʻy beradigan oʻzgarishlardan pay-do boʻladi deb bilgan.

P. tibbiy fan sifatida 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida shakllandi. Shu paytdan boshlab vrachlar psixik kasalliklarga qarshi dorilar qoʻllashga, shu kasallikning tabiiy sabablarini oʻrganishga kirisha boshladilar. Psixik kasalliklarning koʻpgina turi (jumladan, avvallari tuzatib boʻlmaydigan turi) muvaffaqiyatli davolanmoqda. Ilgarilari nogironlikka chiqarib yuboriladigan oʻtkir psixoz bilan kasallangan bemorlarni tuzatib yuborish usullari ishlab chiqildi. P. kasalxonalarining yoʻnalishi oʻzgardi. P. ilmining keng rivojlanishi P. im-koniyatlari koʻlamini oshirdi. Zamo-naviy P. oʻtkir psixoz kasalligiga uch-ragan bemorlarnigina emas, balki psixopatiya, nevrozlarni, alkogolizmnn, kayfiyat oʻzgaruvchanligi (emotsional qoʻzgʻaluvchanlik) va uyqusizlikni ham davolaydi.

P.ning tekshirish usullari oʻziga xos boʻlib, boshqa tibbiy fanlardan birmuncha farq qiladi. P. tibbiyot fanlari ichida eng keyin rivojlangan fanlar qatoriga kiradi. Hozirgi davrda uning mohiyati juda ham keng , chunki ruhiy bemorlardan tashqari har qanday somatik kasalliklar ham ruxiy faoliyatning maʼlum darajada buzilishi bilan oʻtadi va shu bois P. asoslarini har bir sohadagi vrach bilishi zarur.

P. umumiy psixopatologiya va xususiy P.ga boʻlinadi. Umumiy psixopatologiya ruhiy xastaliklarning umumiy alomatlari, ularning kechishi va h.k.ni oʻrganadi. Xususiy P. esa ru-hiy xastaliklarning alohida turlarini koʻrib chiqadi, qiyosiy diagnosti-kasi va davolash masalalarini oʻrganadi.

Bundan tashqari, keyingi vaqtda P. dan yangi tarmoqlar: bolalar P.si, oʻsmirlar P.si va sud P.si, ijtimoiy P., narkologiya ajralib chiqdi. P.da fiziologiya, psixologiya, genetika va boshqa fanlarning erishgan yutuqlari keng qoʻllaniladi.

Ruhiy bemorlarni davolash imkoniyatlari kundankunga kengayib bormoqda. Mas, 20-asrning 50-yillaridan boshlab ruhiy oʻzgarishlarni davolashda markaziy nerv sistemasida sodir boʻladigan jarayonlarga bevosita taʼsir etadigan psixofarmakologik vositalar qoʻllanmoqda.

Hozirgi zamon P.si fakat klinik fan boʻlib qolmay, balki ijtimoiy va psixologiya masalalarini hal qilishda ham ishtirok etadi.

Oʻzbekistonda 1- va 2-ToshTI, Vrachlar malakasini oshirish instituti, Pediatriya tibbiyot instituti, Andijon, Samarqand tibbiyot institutlarida P. ka-fedralari bor. Uzbek olimlaridan X. Olimov, Sh. A. Mirtolibov T. I. Ismoilov, A. U. Shoyusupova, R. S. Tursunova, M. Xalilov va boshqa P.ning eng dolzarb masalalari ustida tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

Mirqobil Xalilov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil