Nevrozlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nevrozlar (nevr... asabiylik -uzoq davom etgan ruhiy iztiroblar natijasida nerv sistemasi faoliyatining buzilishidan kelib chikadigan asabiyruhiy kasalliklar; oʻza-ro yaqin funksional ruhiy kasalliklar (nevrasteniya, isteriya, psixasteniya), emotsional yoki aqliy jihatdan toliqish natijasida, koʻpincha infeksion va boshqa kasalliklar taʼsi-rida yuzaga keladi. N. ancha keng tarqalgan kasallik boʻlib, asosan, nerv sistemasi tugʻma yoki hayotda orttirilgan zaif kishilarda kuzatiladi. N.da markaziy nerv sistemasida ham, ichki aʼzolarda ham jiddiy organik oʻzgarishlar boʻlmasada, bosh miyada kecha-digan asosiy jarayonlar — qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlarining oʻz-aro munosabatlari buziladi. N.da psi-xozlardan farqli oʻlaroq, bemorlar oʻz kasalliklariga nisbatan tanqidiy munosabatda boʻladilar. N.ning , asosan, 3 ta — isteriya, nevrasteniya va psixasteniya (miyadan ketmaydigan holatlar) turi farqlanadi. Ayrim "aʼzolar nevrozi" (yurak, meʼda, oʻpka) hozirgi vaqtda N.ning alohida turi emas, balki uning somato-vegetativ belgilari deb hisoblanadi. N. koʻp uchraydi va yildan-yilga koʻpayib borish qonuniga ega. N.dan nevrozga oʻxshash qolatlarni ajratmoq zarur, bu belgilari jihatdan N.ga aynan oʻxshab ketsada, biroq ular ruhiy iztiroblar oqibatida emas, balki boshqa xastalik, Mas, xafaqon, miya qon to-mirlari aterosklerozi., shizofreni-yaning boshlangʻich belgisi sifatida namoyon boʻladi. N.ning ayrim turlari kelib chiqishida kishi shaxsining kasallik oldi xususiyatlari (premorbid) katta ahamiyatga ega. Shuningdek, oliy nerv faoliyati ojizroq kishilar shunday faoliyati kuchli kishilarga nisbatan N.ga koʻproq moyil boʻladilar. Bundan tashqari, birinchi signal sis-temasi yuqoriroq boʻlgan kishilarda — isteriya, ikkinchi signal sistemasi kuchliroq boʻlganlarda esa miyadan ketmaydigan holatlar nevrozi koʻproq uch-rashi isbotlangan. Bular aralash nevrotik holatlar koʻrinishida ham namoyon boʻlishi mumkin. N.ni davolashda psi-xogen omillarni bartaraf etish zarur. Dori-darmonlar bilan birga psixoterapiya ham muhim ahamiyatga ega.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil