Proto-hind-yevropaliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Proto-hind-yevropaliklar - hind-yevropaliklarning ajdodlari boʻlib, ular proto-hind-yevropa tilida soʻzlashganlar, Kurgan gipotezasiga koʻra, miloddan avvalgi 4000-yillarda (olti ming yil oldin)[1], eneolit va ilk bronza davrida yashashgan.

Barcha hind-yevropa xalqlari uchun umumiy boʻlgan soʻz boyligi ularning jangovar koʻchmanchi xalq boʻlganligini, birinchilardan boʻlib otni xonakilashtirishni va uzoq masofalarga sayohat qilish uchun dastlab katta qattiq, keyinroq yengil ogʻirlikdagi gʻildirakli aravalardan foydalanishganligini koʻrsatadi. Gʻildirak va arava kabi texnologiyalardan foydalanish tufayli ularning avlodlari - hind-yevropaliklar Yevrosiyoning keng hududlarida yashashga muvaffaq boʻlishgan. Proto-hind-yevropaliklarning oʻzlarini qanday nomlashganligi noma’lum hisoblanadi.

Jamiyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qiyosiy tarixiy tilshunoslik ma’lumotlari bizga proto-hind-yevropaliklar haqida patriarxal jamiyat davridan boshlab soʻzlashga imkon beradi, oʻsha davrda ularning asosiy mashgʻuloti chorvachilik boʻlgan. Insonning boyligi uning egalik qilgan chorva mollari soni bilan oʻlchangan (pul va chorva uchun atamalar koʻplab hind-yevropa tillarida oʻzaro bogʻliq). Ularda dastlab sakkiztalik sanoq sistemasi qoʻllanilgan[2], keyinchalik oʻnli sanoq tizimi bilan almashtirilgan.

Georges Dumézil proto-hind-yevropaliklarga oid uchta funksiya nazariyasini ilgari suradi[3], unga koʻra proto-hind-yevropa jamiyati funksional jihatdan uchta sinfga boʻlingan - ruhoniylar(brahmanlar), harbiylar (kshatriyalar) va qishloq xoʻjaligi vakillari (vayshiylar). Dumezilning izdoshlari ushbu tezisning tasdigʻini turli hind-yevropa xalqlarining ijtimoiy tuzilishida koʻrishadi (masalan, Gerodotning skif jamiyatining uch tomonlama tuzilishi haqidagi hikoyasi). Tamaz Gamkrelidze va Vyacheslav Ivanov Dumezil nazariyasidan farqli ravishda hind-yevropa ijtimoiy tashkilotining dualistik tamoyilini ilgari surdilar[4].

Din[tahrir | manbasini tahrirlash]

Proto-hind-yevropaliklarning dini - bu koʻp xudolik boʻlib, u osmon boʻylab aravada yurib, momaqaldiroq va chaqmoq chaqadigan oliy "momaqaldiroq xudosi" ni ulugʻlashga asoslangan. Muqaddas marosimlarni oʻtkazish uchun mas’ul boʻlgan maxsus ruhoniylar kastasi mavjud boʻlib, ular gallyutsinogen ichimlikni (haoma, soma va boshqalar) uyushgan holda iste’mol qilishni oʻzlariga odat qilishgan.

Uch funksiya nazariyasiga koʻra, har bir tabaqa oʻz xudosini ilgari suradi: ruhoniylar - jazolovchi xudo - sudya (Zevs - Yupiter - Odin - Perun - Perkunas - Mitra - Varuna), jangchilar - urush xudosi (Tor - Mars - Ares - Indra), va fermerlar - unumdorlik xudosi (Frey - Kvirin - Veles).

Hudud[tahrir | manbasini tahrirlash]

Proto-hind-yevropaliklarning joylashuvi haqidagi farazlar

Hind-yevropaliklarning ajdodlari istiqomat qilgan hudud hind-yevropa tadqiqotlaridagi eng munozarali masalalardan biri boʻlib, uni hal qilish til va arxeologik ma’lumotlarni birgalikda oʻrganishni talab qiladi. Lingvistik dalillar proto-hind-yevropa tilida bir biriga yaqin qor, qoraqayin va qizil ikra uchun soʻzlarning mavjudligini, otchilik bilan bogʻliq turli xil atamalarni, dengiz va unga bogʻliq soʻzlarning oʻxshashligini koʻrsatadi. Bu hind-yevropaliklarning ajdodlari istiqomat qilgan vatanlari qit’aning ichki qismida joylashganligini koʻrsatadi.

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mallory, J. P., Adams, D. Q.. (2006), The Oxford introduction to Proto-Indo-European and the Proto-Indo-European world (Repr. ed.), Oxford [u.a.]: Oxford University Press, ISBN 9780199287918. 
  2. Indo-European Numerals ( at books.google.ru Error: unknown archive URL 20190330070503 sanasida arxivlangan) (ed. Jadranka Gvozdanović). Walter de Gruyter, 1992. ISBN 9783110113228. P. 13.
  3. Элиаде М. Трехсоставная индоевропейская идеология // История веры и религиозных идей. Том первый. Глава VIII. § 63.[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
  4. Гамкрелидзе Т. В., Иванов Вяч. Вс. Индоевропейский язык и индоевропейцы. Тб., 1984. с.776—779

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mallori, J. P. (1989), Hind-evropaliklarni qidirishda: til, arxeologiya va afsona, London: Temza va Gudson.