Gʻildirak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikka oid g‘ildirak, Eron Milliy Muzeyi, Tehron.

G‘ildirak turli mashinalarda mexanik ish bajaruvchi, o‘z o‘qi atrofida aylanuvchi doirasimon uskunadir. G‘ildirak sirpanmay harakatlanish, demakki nisbatan kamroq kuch sarflash imkonini beradi. Odatda transport vositalarida qo‘llaniladi. Ba’zan aylanuvchi doirasimon har qanday jismlarni ham g‘ildirak deb atashadi.

Gʻildirak — mashina va mexanizmlarning aylanma harakatni uzatish yoki boshqa harakatga oʻzgartirib berish uchun xizmat qiladigan detali. Gupchakka oʻrnatilgan disk yoki spi-sali chambarak shakliga ega. Gʻ. mashina yoki mexanizm oʻqida erkin aylanishi yeki unga mahkamlab oʻrnatib qoʻyilishi (oʻq bilan birga aylanishi) mumkin.

Gʻ. insoniyatning ilk kashfiyotlaridan biri. U taxm. mil. av. 4 min-ginchi yillar oʻrtalaridan oldin maʼlum (Mesopotamiya). Suriladigan yuk ostiga qoʻyiladigan yogʻoch gʻaltakmolani ilk Gʻ. deb hisoblash mumkin. Dastlabki Gʻ. toʻgʻridan-toʻgʻri oʻqqa oʻrnatilgan diskdan iboratboʻlgan. Mil. av. 2 minginchi yillarga kelib Gʻ. ancha takomillashdi: avval spitsali, keyinchalik gupchakli va qayrilma gardishli Gʻ.lar yaratildi, keyinchalik Gʻ. mustahkamligini oshirish maq-sadida temirdan yasalgan gardishlar qoʻllana boshlandi. Dastlab, Gʻ. faqat pishiq yogʻochdan yasalgan va, asosan, arava, charxpalak; zambilgʻaltak (q. Zambiya) uchun ishlatilgan. Oʻzbekiston hududida Oltintepa qad. shahar harobasidan topilgan 4 Gʻ.li (tegarchikli) sopol aravaning mil. av. 4—2-a.larga oidligi aniqlangan. texnika rivojlanib, avtomobil, velo-siped va parovoz paydo boʻlgach, shinali va temir Gʻ.lar ishlatila boshladi. Gʻ. faqat transport vositalarining ham tayanchi, ham harakatlantirish vositasigina boʻlib qolmay, balki kulolchilikda, tegirmonlar, turbinalar, stanoklar va b.da harakatni bir turdan ikkinchi turga aylantirish yoki tezligini oʻzgartirish uchun ham qoʻllanadi (q. Tishli gʻildirak).