Kasta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ushbu maqola ijtimoiy fenomen haqidadir. Kasta soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.

Kasta (lotincha: castus — „sof“) murakkab ijtimoiy tizim boʻlib, tabaqalanishni namoyon etadi. Kastalanishda endogamiya unsurlari kuzatiladi, kasb, ijtimoiy sinf, iyerarxiya, hukumat kabi sifatlar nasldan naslga oʻtkaziladi.[1][2][3][4] Boshqacha aytganda, kasta ijtimoiy qatlamlashishning yopiq shakli boʻlib, unga aʼzolik tugʻilish bilan belgilanadi va butun umr saqlanib qoladi; bolalar oʻz-oʻzidan ota-onasining kastasida boʻlib tugʻiladilar.[5]

Kasta tizimi biror tayinli dinga oid emas. Kastalar musulmon, xristian, hinduiy va buddist jamiyatlarda kuzatilgan.[1][6][7][8][9]

Kastalar oʻziga xos ijtimoiy vazifalarni bajarish, merosiy kasb-hunarlar bilan shugʻullanish natijasida ajraladiki, bu hol muayyan etnik, baʼzan diniy mushtaraklikka mansublik bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Kastalar baland-past tabaqalar hosil qiladi, ular oʻrtasidagi munosabatlarda qatʼiy cheklanishlar mavjud. Arxaik kastalar (tabaqaviy yoki ijtimoiy darajalar) bir qancha qadimgi va oʻrta asr jamiyatlari (qadimgi Misr, Hindiston, Peru va boshqalar) da boʻlgan. Hindistonda hinduizmda, asosan, odamlarning muayyan belgiga koʻra guruhlarga boʻlinishi yalpi tus olgan. Hindistonda 20-asrning 40-yillarida 3,5 ming kasta va kichik kastalar bor edi. Oʻrta asrlarda Hindistonda kastalar bir necha pogʻonani hosil qilgan: eng yuqori pogʻona — brahmanlar va harbiy yer egalarining kastalari yirik va oʻrtahol mulkdorlardan tashkil topgan; ulardan quyiroq pogʻonani savdogar-sudxoʻrlar egallagan; bulardan keyingi pogʻonadagi zamindorlar kastasi mayda mulkdorlar va dehqonlar boʻlib, jamoaning toʻla huquqli aʼzolari hisoblanishgan, yanada quyi pogʻonaga koʻp sonli yersiz va toʻla huquqqa ega boʻlmagan dehqonlar, hunarmandlar va xizmatkorlar kirgan; ularning eng past qatlami huquqsiz va eng ezilgan "hazar qilinganlar" (pariyalar)ning kastasidir. Hindiston konstitutsiyasi (1950) kastalar tengligi va "hazar qilinganlar"ning yuridik teng huquqliligini eʼtirof etdi.[10]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Gerald D. Berreman (1972). „Race, Caste, and Other Invidious Distinctions in Social Stratification“ (PDF). University of California, Berkeley. doi:10.1177/030639687201300401. 2016-01-17da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 2012-08-01. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  2. Robert Merton. The Sociology of Science: Theoretical and Empirical Investigations. University Of Chicago Press, 1979. ISBN 978-0-226-52092-6. 
  3. Auguste Comte. The Positive Philosophy of Auguste Comte (translated by Martineau). Calvin Blanchard, 1858 — 584–615 bet. 
  4. David Heer. Kingsley Davis: A biography and selections from his writings. Transactions Publishers, 2005. ISBN 0-7658-0267-8. 
  5. William A. Haviland. Anthropology: The Human Challenge, 13th edition (see Chapter 22). Thomson Wadsworth, 2010. ISBN 978-0-495-81084-1).. 
  6. Tom Knox.. „The untouchables of FRANCE: How swarthy Pyrenean race persecuted for centuries are still being abused today“. London: Daily Mail (10-iyun 2010-yil).
  7. David Cahill (1994). „Colour by Numbers: Racial and Ethnic Categories in the Viceroyalty of Peru“ (PDF). Journal of Latin American Studies. 26-jild. 325–346-bet. 2013-10-29da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 2012-08-01. {{cite magazine}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam); Unknown parameter |= ignored (yordam) (Wayback Machine saytida 2013-10-29 sanasida arxivlangan)
  8. Barth, Fredrik „The System Of Social Stratification In Swat, North Pakistan“,. Aspects of Caste in South India, Ceylon, and North-West Pakistan E. R. Leach: . Cambridge University Press, 1962 — 113 bet.  (Wayback Machine saytida 2010-09-19 sanasida arxivlangan)
  9. Elijah Obinna (2012). „Contesting identity: the Osu caste system among Igbo of Nigeria“. African Identities. 10-jild, № 1. 111–121-bet. doi:10.1080/14725843.2011.614412.
  10. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil