Poziriq mozorqoʻrgʻonlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Poziriq mozorqoʻrgʻonlari - temir davriga oid mozorqoʻrgʻonlar (miloddan avvalgi 53-asrlar). Oltoydagi Poziriq vodiysida. Poziriq mozorqoʻrgʻonlaridan M. P. Gryaznoye (1929) va S. I. Rudenko (1947- 49) miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalariga oid 5 ta katta mozorqoʻrgʻon ochishgan. Ular katta tosh tepaliklardan iborat. 4 m. gacha chuqurlikda 50 m² ga yaqin maydonga aylana lahadlar qurilgan. Toshqoʻrgʻonlar ostida muzliklar vujudga kelganligi natijasida dafn jihozlari va turli asbob-anjomlar saqlanib qolgan. Topilmalarning koʻpchiligi sanʼat buyumlari boʻlib, oltoyliklarning Oʻrta Osiyo saklari va Jan. Rossiya skiflari bilan yaqin aloqada boʻlganligidan darak beradi. Topilmalar ora-sida otliklar, ovchi itlar va kiyiklar tasviri solingan dunyoda eng qad. Old Osiyo patli gidami va shoyi matolar bor. Qabila boshliklarining dabdabali dafn etilishi Oltoy chorvador jamoalarida ijtimoiy boʻlinish mavjudligini koʻrsatadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil