Boshlik
Jump to navigation
Jump to search
Boshlik — 1) Kavkaz togʻlik axoliyey va boshqa Sharq xalqlari sovuq, qoryomgʻir va oftobdan sakdanish uchun boshiga kiyadigan jun yopinchiq. 1862 yil rus armiyasida joriy qilinib, rusturk urushi (1877—78)da shu qadar qoʻl kelganki, hatto uni Gʻarbiy Yevropa armiyalarida ham ishlata boshlaganlar. Mac, 1881 yil Tunisga joʻnatilgan fransuz qoʻshinlari otryadining barcha zobit va askarlari B. bilan toʻla taʼminlangan. 2) Ayrim musulmon xalqlarda kuyov tomon kelin tarafga inʼom qiladigan qalin boʻlib, u choʻqqi quloqchin ichiga solib berilgani uchun shunday deb atalgan. 3) Poyabzalning oyoq yuzi va yonlarini yopib turadigan qismi.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |