Portal:Eron/Intro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Location of Iran
Location of Iran


Eron Islom respublikasi
forscha: جمهوری اسلامی ایران
Jomhuri-ye Eslâmi-ye Irân
  • P:ERON

Eron Islom Respublikasi (forscha: جمهوری اسلامی ایران - Jomhuri ye Eslāmi ye Irān), qisqacha Eron (forscha: ایران - Irān) — Gʻarbiy Osiyodagi mamlakat. Poytaxti — Tehron shahri. Maydoni 1 648, 95 km², aholisi soni 86 835 152 kishi (2023). Pul birligi — Eron riali. Maʼmuriy jihatdan 31 ta ustonga boʻlinadi. Yirik shaharlari: Mashhad, Karaj, Tabriz, Sheroz, Isfahon, Ahvoz.

Gʻarbdan Iroq (Kurdiston viloyati), shimoli-sharqdan Armaniston, Ozarbayjon va Turkiya bilan, shimoldan Turkmaniston, sharqdan Afgʻoniston va Pokiston bilan chegaradosh. Eron hududi shimol tomondan Kaspiy dengizi, janubdan Hind okeanining Fors va Ummon koʻrfazlari bilan yuviladi.

Eron qadimiy qoʻlyozmalarga koʻra qariyb besh ming yillik boy tarixga ega. Ushbu mamlakat hududidagi ilk davlat — Elam, eramizdan avvalgi 3-mingyillikda Eronning hozirgi Xuziston ustoni hududida vujudga kelgan.

(Davomi...)