Polaris RZR

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Polaris RZR XP 900

Polaris RZR (inglizcha: Razor — „ustara“) — Polaris Industries kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan SxS (side-by-side) sport mashinasidir. 2007-yilda rasman Ranger RZR nomi bilan 2008-yil modeli sifatida taqdim etilgan. Ushbu model kompaniyaning „Ranger“ nomli modelining kichikroq koʻrinishdagisidir. RZR mashhurlikka erishgandan soʻng, Polaris kompaniyasi Ranger belgisidan voz kechdi va RZRni mustaqil model sifatida taqdim eta boshladi.

AQShda RZR modellari[tahrir | manbasini tahrirlash]

MRZR-4 ning LT-ATV varianti
Polaris RZR XP Turbo ProStar
Fuqarolik modellari
  • RZR 170
  • RZR 570
  • RZR 800
  • RZR S 800
  • RZR 900
  • RZR S 900
  • RZR XP 900
  • RZR S 1000
  • RZR XP 1000
  • RZR XP Turbo
  • RZR XP Turbo S
  • RZR RS1
  • RZR Turbo R
  • RZR Pro R[1]
Harbiy modellar
  • MRZR-2
  • MRZR-4
  • MRZR-D2
  • MRZR-D4

Harbiy jihatdan foydalanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

21-maxsus taktika otryadi, C-130 Herculesga Polaris MRZR-4 ni yuklash jarayoni.

AQSh Maxsus operatsiyalar qoʻmondonligi (USSOCOM) 2013-yil sentabr oyida Polaris Defence kompaniyasiga 1500 tagacha MRZR-2 (2 oʻrinli) va MRZR-4 (4 oʻrinli) mashinalariga buyurtma beradi[2]. Ushbu yangi kichik harbiy mashinalarning katta kamchiliklari shunda ediki, ular oʻzlarining asl benzinli dvigatellarini saqlab qolishganligidir. Ushbu dvigatellar esa standart harbiy JP-8 yoqilgʻisiga mos kelmaydi. Logistika nuqtai nazaridan, ikki xil yoqilgʻi turini tashish biroz mantiqsizdir. Bunday mashinalarning bir nechta turi jangovar maqsadlarda foydalaniladi. Lekin oddiy fuqarolar mashinalarni dizel yoqilgʻisida xaydashdan manfaatdor emasligi sababli, kompaniya mashina dvigatelni oʻzgartirmadi[2].

AQSh armiyasining S.O.F. boʻlinmasi CH-47 vertolyotidan RZR 800 ni tushirmoqda.

2016-yil noyabr oyida AQSh dengiz piyodalari korpusi Polaris kompaniyasi bilan 144 ta MRZR-D avtomobillarini yetkazib berish boʻyicha 2,5 million dollarlik shartnoma imzoladi. Utility Task Vehicle (UTV) deb nomlanuvchi mashina dizel yoqilgʻisi bilan ishlashga moʻljallangan va JP-8 yoqilgʻisida ishlay oladi. Dengiz piyodalari zirhsiz transport vositalarini sotib oldilar, chunki mashina MV-22 Osprey konvertoplani (vint qanotli uchish apparati) ichiga sigʻardi. Bu esa ularni uzoq masofalarga tashishda, quruqlikdagi jangovar boʻlinmalarni moddiy-texnik jihatdan taʼminlashda, yuklarni piyoda yurishga qaraganda tezroq va osonroq tashishga yordam beradi. Mashinalar toʻrtta dengiz piyodasini olib yurishi mumkin va 680 kg (1,500 lb) yuk koʻtarishga qodir boʻlgan kichik yuk platformasiga ega. 2017-yilning yanvar oyi oxiridan aprel oyigacha AQShning har bir piyoda polk uchun 18 ta MRZR-D avtomobillari yetkazib berildi[3][4][5].

2010-yilda Afgʻonistonning Qandahor viloyati, Maʼruf tumanidagi amaliyotlar chogʻida AQSh armiyasining maxsus operatsiyalar boʻyicha vazifalar guruhi/janubi (inglizcha: Special Operations Task Force/South) askarlari CH-47 Chinook vertolyoti bilan qulay tashish va tez tushirish mumkin boʻlgan Polaris RZR 800 yengil-taktik vezdixodlaridan (LT-ATV) ham foydalangan.

Qirollik dengiz floti Qirollik dengiz piyodalari uchun Polaris MRZR-D4 UTV mashinalarining partiyasini sotib oldi va MRZR versiyasi bir necha yillardan buyon Buyuk Britaniya maxsus kuchlari tomonidan foydalanilmoqda[6].

Joriy operatorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Polaris RZR ning harbiy operatorlari
Dengiz havo mudofaasi qoshinlari integratsiyalashgan tizimi (L-MADIS)
Argentina bayrogʻi Argentina
  • Argentina armiyasi
Hindiston bayrogʻi Hindiston
 Yangi Zelandiya bayrogʻi Yangi Zelandiya
  • Yangi Zelandiya armiyasi[9]
 Portugaliya bayrogʻi Portugaliya
  • Milliy Respublika gvardiyasi (Favqulodda vaziyatlardan himoya qilish va yordam boʻlinmasi)[10]
  • Portugaliya armiyasi (Maxsus operatsiyalar qoʻshinlari markazi)[11]
Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston
  • Turkmaniston Qurolli Kuchlari[12]
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
  • Qirollik dengiz piyodalari
  • Buyuk Britaniya maxsus kuchlari
 AQSH bayrogʻi AQSh
  • Amerika Qoʻshma Shtatlari Maxsus operatsiyalar qoʻmondonligi
  • Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz piyodalari korpusi
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
  • Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus operatsiya kuchlariga[13][14].

Oʻzbekiston[tahrir | manbasini tahrirlash]

AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi xabarga koʻra, 2022-yil 4-noyabr kuni AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qoʻmondonligi Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi Maxsus operatsiya kuchlariga umumiy qiymati 2,8 million dollarlik 50 dona Polaris MRZR yengil-taktik jangovar mashinalarni hadya qildi[13][14].

Ushbu jangovar mashinalarni AQSh tomonidan Markaziy qoʻmondonlik qoʻmondonining oʻrinbosari general-mayor Vendul Xagler topshirgan, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus tezkor qoʻshinlar boshqarmasi boshligʻi qabul qilib oldi. Ma’lum qilinishicha, bu mashinalar AQSh Mudofaa vazirligining «Hamkorlar salohiyatini oshirish» dasturi doirasida taqdim etilgan. Bu Amerikaning Oʻzbekistonga hadya qilgan mudofaa mahsulotlarining bir qismi ekanligi aytilmoqda[14][13].

Ushbu uskunaning topshirilishi Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekistonga Oʻzbekistonning milliy suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishga hissa qoʻshish uchun taklif etayotgan yordam shakllaridan biri xolos. Qoʻshma Shtatlar soʻnggi 31 yil ichida sezilarli darajada rivojlangan hamkorligimizni yanada rivojlantirishni intiqlik bilan kutmoqda[13].

— Vendul Xagler[14], in

Yongʻin xavfi va eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mojave choʻlida Polaris RZR yonmoqda


2014-yil iyul oyida Texaslik 11 yoshli qiz ketayotgan Polaris agʻdarilib, yonib ketgan. Qiz tanasining 60 % 3 va 4-darajali kuygan edi[15]. Keyinroq uning oʻng oyogʻi va chap oyogʻi amputatsiya qilingan[15]. 2015-yil iyul oyida ichida yoʻlovchisi boʻlgan RZR yonib ketishi oqibatida 15 yoshli qiz halok boʻldi[15]. 2016-yil sentabr oyida Arizona shtatida ikkita ayol Polarisda agʻdarilib ketgan. Yongʻin chiqishi oqibatida ular halok boʻldi[15].

2018-yil aprel oyida Polaris isteʼmolchi mahsuloti xavfsizligi komissiyasi (CPSC) tomonidan 2016-yilda yongʻin xavfi bilan bogʻliq oʻz vaqtida berilmagan hisobot uchun ikkita daʼvo arizasi sababli rekord darajadagi 27,5 million dollar jarimaga tortildi[16]. CPSCning iddaosiga koʻra Polaris kompaniyasi 150 ta RZR yongʻinlari, jumladan, yuqorida aytib oʻtilgan 15 yoshli yoʻlovchining oʻlimi[17], kuyish jarohatlari haqida 11 ta xabar va 10 gektar yerni yonib ketishi haqida xabarlar olgan. Ammo CPSCni bu haqda darhol xabardor qilmagan[16]. Yillar davomida Polaris yongʻin, kuyish yoki oʻlimga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarishdagi nuqsonlar uchun yarim milliondan ortiq RZRni qaytarib oldi[18]. Biroq, RZR egalari taʼmirlangandan soʻng qaytarilgan transport vositalarida yana yongʻinlar sodir boʻlgani haqida xabar berishda davom etmoqdalar, (shu jumladan, mashinaning butunlay yonib ketish holati haqida ham)[18][19].

2019-yilning may oyida Aydaxo shtatida yashovchi[20] 23 yoshli yigit minib ketayotgan RZR yonib ketishi oqibatida halokatli kuyish jarohatlari oldi.[21][22] (ushbu mashina 2017-yilgi RZR boʻlib, 2018-yilgi qayta chaqiruv ostida taʼmirlanganiga qaramay)

Texnik xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

RZR

570

RZR

800

RZR S

800

RZR XP

900

RZR XP

1000

RZR S 900 RZR S 1000 RZR XP

Turbo

RZR XP

Turbo S

RZR PRO XP RZR Turbo R RZR Pro R
Model chiqarilgan yili 2012 2008 2009 2011 2014 2015 2016 2016 2018 2020 2022 2022
Ot kuchi 45 52 56 88/96 107 75 100 144 168 181 181 225
Joy oʻzgartirishi (cc) 567 760 760 875 999 875 999 925 925 925 925 1997
Kengligi 50 50 60 64 64 60 60 64 72 64 74 74
Gʻildiraklar bazasi 77 77 77 81.4 90 79 79 90 90 96 96 104.5
Uzunligi 107.5 102 106 108 119 105 106 119 122 126 128 136.5
Klirans 10 10 12 13 13.5 11 12.5 13.5 16 14.5 16 16
Old shinalar oʻlchami 25 x 8-12 25 x 8-12 26 x 9-12 27 x 9-12 29 x 9-14 26 x 8-12 27 x 9-12 29 x 9-14 32 x 10-15 30 x 10-14 32 x 10-15 32 x 10-15
Orqa shinalar oʻlchami 25 x 10-12 25 x 10-12 26 x 12-12 27 x 11-12 29 x 11-14 26 x 9-12 27 x 11-12 29 x 11-14 32 x 10-15 30 x 10-14 32 x 10-15 32 x 10-15
Old gʻildirakning harakatlanishi 9 9 12 13.5 16 12.25 12.25 16 19 17 22.25 22.25
Orqa gʻildirakning harakatlanishi 9.5 9.5 12 14 18 13.2 13.2 18 21 20 22.4 24.5
Quruq vazn (lbs.) 970 945 1,000 1,190 1,379 1,148 1,235 1,495 1,751 1,759 1,943 2,085

Yuqoridagi raqamlar birinchi mavjud model yiliga tegishli. Agar boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, birliklar dyuymlarda hisoblansin. Raqamlar ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2022 Polaris RZR Pro R vs. RZR Turbo R“ (inglizcha). MotorTrend (25-mart 2022-yil). Qaraldi: 31-iyul 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 „Internal Server Error“. Janes.com.
  3. Marine Corps to Equip Infantry Units with Polaris ATVs — DoDBuzz.com, 27 September 2016
  4. Marine grunts to get new all-terrain vehicles for missions — MarineCorpstimes.com, 22 November 2016
  5. Marine Grunts Will Start Getting ATVs in January — Defensetech.org, 23 November 2016
  6. „New Royal Marines Polaris MRZR-D4“ (18-dekabr 2021-yil).
  7. „Watch: Rajnath Singh Drives An All-Terrain Vehicle In Kashmir“ (22-iyul 2022-yil).
  8. „Military Digest: Army conducts 'Exercise Blitzkrieg' in Ladakh“ (22-iyul 2022-yil).
  9. „New Zealand Army receives first six Polaris MRZR vehicles“ (inglizcha). Janes.com. Qaraldi: 28-may 2022-yil.
  10. Redação. „GNR tem nova "bomba" nas estradas (e apresenta novas cores das viaturas)“ (pt-PT). O Minho (4-may 2022-yil). Qaraldi: 8-may 2022-yil.
  11. „Portuguese Army RZR“ (inglizcha). Twitter. Qaraldi: 29-mart 2021-yil.
  12. Mitzer. „Snaps From Ashgabat: Turkmenistan's 2021 Military Parade“. Oryx Blog (27-sentabr 2021-yil).
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 „AQSh Oʻzbekiston armiyasi maxsus kuchlariga 2,8 million dollarlik jangovar mashinalar hadya qildi“ (oʻzbekcha). kun.uz. Qaraldi: 4-aprel.
  14. 14,0 14,1 14,2 14,3 „Соединенные Штаты подарили военную технику Министерству обороны Узбекистана“ (ruscha). uz.usembassy.gov. Qaraldi: 4-aprel.
  15. 15,0 15,1 15,2 15,3 „Fire Danger Persists for Polaris Off-Road Vehicles“. FairWarning (20-fevral 2018-yil). 2022-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-noyabr.
  16. 16,0 16,1 [1] — startribune.com, 2 April 2018
  17. Duprey. „450,000 Recalls Later, Polaris Industries Says Its ATVs Are Still a Fire Hazard“. The Motley Fool (28-dekabr 2017-yil).
  18. 18,0 18,1 [2] — motleyfool.com 13 Apr 2017
  19. „Joint Statement of CPSC and Polaris on Polaris RZR 900 and 1000 Recreational Off-Highway Vehicles (ROVs)“. U.S. Consumer Product Safety Commission.
  20. 29 Sept 2019
  21. Jeans, David. „The Polaris RZR, an Off-Road Thrill That Can Go Up in Flames“. The New York Times (6-sentabr 2019-yil).
  22. „UTV Resource“. 2022-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]