Amputatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
1865-yili temir yoʻl halokati tufayli uch muchasi amputatsiya qilingan J. McKnight (J. MakKnayt).

Amputatsiya (lot. amputo – „kesish“) biror tana qismining kesib tashlanishidir. Amputatsiya jarrohlik yoʻli bilan yoki jarohat tufayli boʻlishi mumkin. Jarrohlikda amputatsiya saraton yoki gangrena kabi yiringlovchi va taraqqiy etuvchi kasallikka chalingan muchani tanadan olib tashlab, shu kasallik tananing boshqa qismlariga tarqab ketmasligi uchun qilinadi. Baʼzi mamlakatlarda qoʻl-oyoq amputatsiyasi jinoiy jazo sifatida ishlatiladi. Kichik amputatsiyalar (barmoq kesish kabi) ayrim dinlarda ritual sifatida amalga oshiriladi. Odamning regeneratsiya qobiliyati boʻlmagani uchun kesilgan muchalarni protez bilan almashtirib, yordam qilish mumkin.

Amputatsiya (lotincha: amputatio – kes-moq) – qoʻl-oyoqning periferik qismini yoki biror a’zoni, mas, sut bezi, toʻgʻri ichak, bachadonni batamom yoki qisman kesib tashlash operatsiya-si, gangrena, ogʻir shikastlanish va boshqa hollarda qoʻllaniladi. Qoʻl-oyoq yoki uning bir qismini boʻgʻimdan ajratib olib kesib tashlash ekzartikulyatsiya deb ataladi. A. qadimgidan ma’lum. Hozirgi za-mon tibbiyoti jarohatning yiringla-nib yalligʻlanishiga yoʻl qoʻymaydigan bir qancha choralarni koʻradi. A. keng tarqalgan usuldir. A.da qoʻl-oyoqning kes-may qoldirilgan boʻlagi qimirlaydigan 444va protezlanadigan (yasama qoʻl yoki oyoq qoʻyiladigan) boʻlishi nazarda tutiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil