Dizel yonilgʻisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dizel yonilgʻisi - neftdan olinadigan suyuq yonilgʻi; qisilishdan alangalanadigan ichki yonuv dvigateli (dizelʼ)da ishlatiladi. Uch guruhga boʻlinadi: 1) tezyurar transport dvigatellari va statsionar dvigatellar (aylanish soni minutiga 1000 va undan ortiq) uchun moʻljallangan qovushoqligi past distillyat yonilgʻi; 2) koʻp kuch tushadigan statsionar dvigatellar va kema dvigatellari (aylanish soni minutiga 600 dan 1000 gacha) uchun moʻljallangan qovushoqligi oʻrtacha distillyat yonilgʻi (solyar moyi); 3) sekin aylanadigan dvigatellar — statsionar va kema dvigatellari (aylanish soni minutiga 600 gacha) uchun moʻljallangan qovushoqligi yuqori, ogʻir fraksiyali yonilgʻi. D. yo.ning eng muhim xossalaridan biri oʻz-oʻzidan alangalanish t-rasidir; uning qanday yonishi t-raga bogʻliq. Yonilgʻi sifati undagi setan soni (oʻz-oʻzidan qanchalik tez alangalanishi)ga bogʻliq. Uning oʻzoʻzidan alangalanishini osonlashtirish va toʻla yonishiga erishish uchun tegishli kimyoviy tarkibga ega boʻlgan xom ashyo tanlab olinadi. D. yo. sifati xom ashyoning yaxshi tozalanishiga ham bogʻliq boʻladi. Turli iqlim sharoitlari uchun qotish t-rasi, fraksiya tarkibi va b. koʻrsatkichlari bilan farq qiladigan (oʻta sovuq joylarga moʻljallangan, qishki va yozgi) yonilgʻi xillari bor.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil