Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi
Map
Akkreditatsiya qilingan mamlakat Oʻzbekiston
Mezbon mamlakat Amerika Qoʻshma Shtatlari
Manzili 1746 Massachusets avenyu, Vashington, AQSh
Elchi Furqat Siddiqov
Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi is located in the District of Columbia
Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi
Vashingtondagi elchixonaning joylashuvi

Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi (Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasi, Clarence Moore uyi va Eski Kanada elchixonasi nomlari bilan ham tanilgan) – Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi diplomatik vakolatxonasi. 2023-yil 3-martdan eʼtiboran Oʻzbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqov hisoblanadi[1]. Elchixona Vashingtonning Scott Circle hududi va Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz observatoriyasi oraligʻida joylashgan Elchixonalar qatori deb nomlangan qismidagi 1746 Massachusets avenyu manzilida qad rostlagan[2].

1909-yilda qurilgan Clarence Moore uyi ohaktosh qoplamali sargʻish rim gʻishtidan yasalgan Beaux-Arts meʼmorchiligining namunasidir; Kanada hukumati tomonidan 1980-yillargacha foydalanilgan. Uy 1973-yil 3-aprelda Tarixiy joylarning milliy reestriga (NRHP) kiritilgan[3]. Bino, shuningdek, NRHP roʻyxatiga kiritilgan Massachusets avenyusi tarixiy okrugi va Dupont Circle tarixiy okrugiga qarashli mulk sifatida belgilangan[4].

Clarence Moore qarorgohi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻarbiy Virjiniyadan boʻlgan koʻmir sanoati magnati va Parij hamda Nyu-Yorkdagi maxfiy klublarning aʼzosi Clarence Moore Vashingtondagi uyini loyihalash uchun Nyu-York shahrida yashovchi arxitektor Bruce Price va vashingtonlik Jules Henri de Sibourni tanladi[5]. Oʻsha paytda Sibour Vashingtondagi yirik turar-joylarning, jumladan Thomas T. Gaff uyi, Andrew Mellonn binosi va Portugaliya, Fransiya hamda Lyuksemburg elchilari qarorgohlarining taniqli meʼmori edi[6]. Moore Edward J. Stellwagendan yerni 37,422 dollarga sotib oladi. Qarorgoh qurilishi 1906-yil sentyabrda boshlandi va 1909-yilda yakunlandi[7][8]. Moore binoda atigi uch yil yashadi. U 1912-yil 15-aprelda RMS Titanik choʻkishi paytida halok boʻlgan 1,517 nafar yoʻlovchidan biri edi[9][10]. Moorening oʻlimidan soʻng uning bevasi Mabelle yana turmushga chiqdi va uydan faqat diplomatik hamda ijtimoiy tadbirlar uchun foydalandi[7].

Kanada elchixonasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1927-yil 28-mayda Mabelle Crown in Right of Canadaga uyni 375,000 dollarga sotdi. Uy jihozlarining bir qismi qoʻshimcha 100,000 dollarga sotib olindi. 1931-yilgacha Kanada AQShda Buyuk Britaniya elchixonasiga vakillik qilgan.

1927-yildan 1946-yilgacha Clarence Moore uyi Kanada kansleri, shuningdek, Kanada vaziri va keyinchalik elchining qarorgohi boʻlib xizmat qildi. 1943-yilda elchixona maqomiga koʻtarildi va Leighton McCarthy Kanadaning Qoʻshma Shtatlardagi birinchi elchisi boʻldi. 1946-yilda elchining qarorgohi 2825 Rock Creek Drive manzilida qurilgan va Clarence Moore uyi faqat elchixona ofislari uchun ishlatilgan[7].

Crown in Right of Canada 1978-yilda Pensilvaniya avenyusida oʻz devonxonasining yangi joyi sifatida foydalanish uchun 5 million dollarga yer sotib oldi. Clarence Moore uyi 1988-yilgacha yangi va hozirgi joyga koʻchib oʻtgunga qadar Kanada elchixonasining devonxonasi sifatida faoliyatini davom etdi[9][10].

Oʻzbekiston elchixonasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yil 19-fevralda AQSh va Oʻzbekiston oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilgandan soʻng Oʻzbekiston hukumati Clarence Moore uyini sotib oldi. 1993-yil fevral oyida ochilgan yangi elchixona Oʻzbekistonning siyosiy, tijorat va iqtisodiy manfaatlarini AQSh hukumati oldida himoya qiladi[11][12]. 2012-yil holatiga koʻra, Clarence Moore uyi mulkining qiymati 13,423,870 dollarni tashkil qiladi[13]. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Nyu-York shahrida ham konsullikka ega[14].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi dizayni

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Clarence Moore uyining de Sibour chizgan chizmalari

Clarence Moore uyi Beaux-Arts arxitekturasining klassik uslubi namunasidir va Louis XV uslubida qurilgan tashqi koʻrinishga ega. 4 1⁄2 qavatli inshoot podvalni oʻz ichiga oladi; devorlari gʻishtdan, asosi betondan, tomi temirdan qurilgan. Bino balandligi 79.5 fut (24.2 m) boʻlib, devorlariga Rim gʻishti urilgan. Massachusets avenyusida joylashgan binoning shimoliy kirish eshigi 6x6 fut (1.8x1.8 m) oʻlchamdagi enga ega, uning yon tomoni ohaktosh toʻsiqlar bilan oʻralgan. Uchinchi qavatdagi balkonlar ohaktoshdan yasalgan va quyma temir panjaralar bilan jihozlangan. Uyning old va orqa tomonida ikkitadan moʻri, sharqiy va gʻarbiy tomonida esa bittadan moʻri, jami oltita moʻri joylashgan. Shiferli tomda ohaktosh va metall tizma mavjud[7].

Ichki dizayni

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston elchixonasiga kirish eshigi

Uyning ichki qismida XVI, XVII va XVIII asrlarga oid fransuz hamda ingliz bezaklari mavjud. Bino yoqilgʻida ishlaydigan havo pechi bilan isitiladi va Otisning yoʻlovchilar uchun lifti hamda yuk liftini oʻz ichiga oladi. Yoʻlovchi lifti yogʻoch panelli boʻlib, yuk liftining diametri 5x4 fut (1.5x1.2 m) ni tashkil qiladi. Bino poli qora va oq marmar kvadratlardan iborat boʻlib, devorlari ohaktoshga oʻxshatib gipslangan. Uyning orqasida besh qavatli kirish zali va zinapoya bor. Kutubxonaga kirish yoʻlakning oʻng tomonida, chap tomonida ikkita qabulxona va hojatxona joylashgan. Zalning oxirida xizmat xonalari, xizmat lifti, ovqatlanish xonasi (hozirgi elchixona) va nonushta xonasi joylashgan. Hojatxona asosiy zinapoyaning ostida joylashgan. Zalning oxirida ikkita zal va katta mehmonlar xonasi mavjud. Ikkinchi qavatda uchta yotoqxona, ikkita hammom va xizmat koʻrsatish zonasi joylashgan. Yotoqxonalardan birida yuqori qavatlarga chiqish imkonini beruvchi alohida zinapoya bor. Uchinchi qavatda yotoqxonalar va janubi-sharqiy burchakda oʻyin xonasi mavjud. Toʻrtinchi qavatda qoʻshimcha yotoqxonalar va xizmatchilar uchun xona joylashgan[7].

  1. „Uzbekistan - His Excellency Abdulaziz Kamilov“. The Washington Diplomat. 2006-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-iyun.
  2. „Uzbekistan - Country Specific Information“. United States Department of State (2007-yil 2-noyabr). 2008-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-iyun.
  3. „District of Columbia - District of Columbia County“. National Park Service (2008-yil 6-iyun). 2008-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-iyun.
  4. „Massachusetts Avenue Historic District“. National Park Service (2008-yil 6-iyun). 2008-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-iyun.
  5. Evers, Donna „The Ballad of Chevy Chase“. National Park Service. 2008-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-iyun.
  6. „Thomas T. Gaff House“. embassy.org (1997-yil 26-avgust). 2008-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-iyun.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 „Clarence Moore House (Canadian Chancery)“. National Park Service. 2011-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-iyun.
  8. Williams, Paul (2000), Dupont Circle, Arcadia Publishing, 87-bet, ISBN 0-7385-0633-8
  9. 9,0 9,1 Moeller, Gerard (2006), AIA Guide to the Architecture of Washington, D.C., JHU Press, 257-bet, ISBN 0-8018-8468-3
  10. 10,0 10,1 Gorham, Beth „Canadian Embassy in Washington gets facelift for more visitors“. Canadian Online Explorer. The Western Star (2008-yil 26-fevral). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-iyun.
  11. „About the Embassy“. Embassy of Uzbekistan. 2018-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-fevral.
  12. Martirosyan, Tigran (2004), Scholars' Guide to Washington, D.C. for Central Asian and Caucasus, M. E. Sharpe, 69-bet, ISBN 0-7656-1579-7
  13. „Property Detail“. Government of Washington, D.C.. Qaraldi: 2012-yil 14-iyul.
  14. „Uzbekistan Consulates Abroad“. Advantour. 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-noyabr.