Panel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Panel (nem. Paneel) — 1) qurilish konstruksiyasining zavodda tayyorlanadigan yirik oʻlchamli yassi elementi. P. tayyorlanayotganda deraza va eshik oʻrinlari qoldiriladi; 2) devor va boshqalarning bezak qoplamasi (yogʻoch, plastmassa, moy-boʻyoqli va boshqalar); 3) koʻcha chetida piyo-dalar uchun asfalt-beton, tosh va boshqalardan toʻshalgan yoʻlkalar; 4) elektr shchitlari, boshqaruv pultlari, radiotexnik qurilmalar, asboblar va boshqalarning signal, nazorat, oʻlchash va boshqa apparatlari joylashtirilgan qismi; 5) fermaning asosiy nagruzkani qabul qiladigan ikki qoʻshni uzeli orasidagi qismi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil