Konsullik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
AQSh va Buuuk Britaniyaning Ekaterinburg shaxridagi bosh konsulligi

Konsullik, konsullik vakolatxona — ikki davlat orasida aloqalar oʻrnatilishi natijasi oʻlaroq tashqil etiladigan vakolatxona. K.ning maqomi ikki tomonlama bitim yoki xalqaro huquqning amaldagi normalariga koʻra belgilanadi. K.ning maqomi, odatda, diplomatik vakillikka tenglashtiriladi. K.ning joylashgan oʻrni, baʼzi hollarda esa, uning xodimlari soni, K. oʻz faoliyatini amalga oshiradigan okrug ham qabul qiluvchi davlat vakillari bilan kelishiladi. K. okrugi — qabul qiluvchi davlatdagi, hukumatlar oʻrtasidagi bitimga muvofiq konsul oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajaradigan xudud. Bir qator holatlarda K. okrugi eng imtiyozlashtirilgan holat sharoitlari qoʻllanilishi tufayli aniqlanishi mumkin. Alohida K. mavjud boʻlmagan hollarda elchixonada qabul qiluvchi davlat poytaxti yoki boshqa yerlarda K. vazifalarini bajarish uchun K. boʻlimi tashqil etiladi. Elchixonaning K. boʻlimida ishlash uchun elchixonaning diplomatik va maʼmuriy-texnik xodimlari ajratiladi, ular elchixonaga tegishli boʻlganligi uchun oʻz makrmini saqlab qoladilar.[1]

Konsullikni elchixonadan farqi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elchixona birinchi navbatda siyosiy masalalarni hal qilish (muzokaralar, udhbu davlat haqida axborot yiğish kabi) bilan shuģullansa, konsullik esa mahalliy hokimlik bilan aloqa oʻrnatish, oʻz fuqorolariga xizmat koʻrsatish, ularni muammolarini qonun doirasida hal qilish, hujjatlarini rasmiylashtirish (viza, pasport, notarial hujjatlar, ma'lumotnoma va b.). Elchixonalarda odatda hujjatlarni rasmiylashtiruvchi va viza beruvchi konsullik boʻlimlari faoliyat yuritadi.

Bosh konsullik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Frantsiyaning Sankt-Peterburg shaxridagi bosh konsulligi

Konsullik muassasalarining quyidagi turlari mavjud:

  • bosh konsullik,
  • konsullik,
  • vitse-konsullik,
  • konsullik agentligi.

Bu holatlarda ushbu muassasalarning maqomida hech qanday farq yo'q. Hozirda dunyodagi konsullik muassasalarining aksariyati konsullik bosh konsulligi maqomiga ega. Poytaxt shaharlarida alohida konsullik muassasasi mavjud bo'lmasligi mumkin, faqat elchixonaning konsullik bo'limi faoliyat yuritishi mumkin. Konsullik bo'limi mustaqil muassasa emas, oliy organ konsullik bo'limi boshlig'i emas (u konsullik boshlig'i deb atalishi mumkin, ammo bu noto'g'ri bo'lsa-da) balki elchi yuqori lavozim hisoblanadi. Shu bilan birga, konsullik bo'limi xodimlariga konsullik emas, balki diplomatik (ya'ni kengroq) imtiyozlar va immunitetlar qo'llaniladi. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil