Furqat Siddiqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Furqat Ahmedovich Siddiqov
Furqat Siddiqov.jpg
Flag of Uzbekistan.svg
 Oʻzbеkistоnning AQShdagi elchisi
Flag of the United States.svg
 
Mansab davri
2023-yildan — 
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Javlon Vahobov
Flag of Uzbekistan.svg
 Oʻzbеkistоnning Pokistondagi elchisi
Flag of Pakistan.svg
 
Mansab davri
2015-yildan — 2020-yilgacha
Oʻtmishdoshi Parviz Aliyev
Vorisi Oybek Usmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-fevral 1971-yil (1971-02-07) (52 yosh)
Toshkent

Furqat Ahmedovich Siddiqov — oʻzbek diplomati, texnolog. Oʻzbekistonning Pokistondagi sobiq elchisi[1]. 2023-yil 3-martdan Oʻzbekistonning AQShdagi elchisi[2].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1971-yil 7-fevral kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan

1993-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Rus va ingliz tillarini biladi.

1993-1995 — „UzDaewoo Electronics“ qo‘shma korxonasi katta mutaxassisi.

1995-1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti xodimi.

1996-2002 — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi.

2002-2007 — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi attashesi.

2007-2011 — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi.

2011-2015 — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi birinchi kotibi.

2015-2020 — O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi

2020-2022 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.

2022-2023 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari[3].

2023-yil 3-martdan — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]