Kontent qismiga oʻtish

Ozarbayjon — Turkmaniston munosabatlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ozarbayjon — Turkmaniston munosabatlari

Ozarbayjon

Turkmaniston

Ozarbayjon — Turkmaniston munosabatlari — Ozarbayjon Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 9-iyulda oʻrnatildi[1]. Ozarbayjonning elchixonasi Ashxobod shahrida, Turkmanistonning elchixonasi Boku shahrida elchixonalar bor. Bu ikkala davlat ham EKO, MDH va Birlashgan Millatlar Tashkilotining aʼzosi boʻlib, Turkiy Kengashda ham faol hamkorlik qilmoqdalar. Mamlakatlar chuqur tarixiy va madaniy ildizlarga ega[2].

Taxminan 36,000 (1995) ozarbayjonlar Turkmanistonda istiqomat qilishadi[3].

Gaz quvuri loyihasi sxemasi

Iqtsodiy aloqalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nabukko — Turkmaniston va Ozarbayjondan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga, birinchi navbatda Avstriya va Germaniyaga 3300 km uzunlikdagi rejalashtirilgan gaz quvuri[4]. Loyihaviy quvvati — yiliga 26-32 milliard kubometr gaz. Loyihaning taxminiy qiymati 7,9 milliard yevro boʻlib, uni tayyorlash 2002-yildan beri davom etmoqda. Qurilish ishlari 2011-yilda boshlanib, 2014-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan edi[5].

Diplomatik vakolatxonalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjonning Turkmanistondagi elchisi Vahdet Mamagaga oʻgʻli Sultonzoda[6]. Turkmanistonning Ozarbayjondagi elchisi Toyli Babayevich Komekov[7].

Turkmanistonning Bokudagi elchixonasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkmaniston Prezidentining 1999-yil 4-maydagi farmoniga binoan Ozarbayjondagi (Boku) Turkmaniston elchixonasi ochilgan. 2001-yil 4-iyunda Turkmaniston Ozarbayjondan Turkmanistonning Favqulodda va Muxtor elchisining qarorgohi Ozarbayjondan Ashxobodga vaqtincha koʻchirilishi toʻgʻrisida rasmiy ravishda xabar qildi. Turkmanistonning Ozarbayjondagi elchixonasi yopildi, rasmiy sabab sifatida moliyaviy qiyinchiliklar koʻrsatildi.

2008-yilda Turkmanistonning Ozarbayjondagi elchixonasi qayta ochildi.

2017-yil iyun oyidan boshlab elchixonani Turkmanistonning Ozarbayjondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mekan Ishankuliev boshqarib kelmoqda.

Ozarbayjonning Turkmnistondagi elchixonasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjonning Turkmanistondagi elchixonasi 2002-yil 25-dekabrda ochilgan.

2015-yildan beri elchixonani Ozarbayjonning Turkmanistondagi favqulodda va muxtor elchisi Hasan Sultan oʻgʻli Zeynalov boshqarib kelmoqda.

Transport aloqasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkita poytaxt Lufthansa aviakompaniyasining Ashxaboddan Bokuga parvozi bilan bogʻlangan. 1963-yilda ochilgan Boku-Turkmanboshi parom xizmati ham ishlaydi. Paromlar temir yoʻl va temir yoʻl avtomobillari boʻlib, nafaqat poezdlarni, balki vagonlarni, shuningdek yoʻlovchilarni ham tashiydi.

  1. Государства, с которыми Туркменистан установил дипломатические отношения
  2. Отношения между Азербайджаном и Туркменистаном имеют прочную основу — посол
  3. CIA — The World Factbook, 12-iyun 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 17-iyun 2020-yil {{citation}}: no-break space character in |title= at position 4 (yordam)CS1 maint: date format ()
  4. Стоимость проекта «Набукко» увеличена более чем в 1,5 раза — до 7,9 млд евро (Wayback Machine saytida 20-aprel 2009-yil sanasida arxivlangan)
  5. Россия победила в гонке газопроводов
  6. СПИСОК ДИПЛОМАТОВ ПОСОЛЬСТВА АЗЕРБАЙДЖАНСКОЙ РЕСПУБЛИКИ В ТУРКМЕНИСТАНЕ[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
  7. Дипломатические представительства и консульские учреждения Туркменистана за рубежом[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка