Osiyo gigant qovogʻarisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Osiyo gigant qovogʻarisi (Vespa mandarinia) (shuningdek,shimoliy gigant qovogʻarisi yoki yapon gigant qovogʻarisi deb ham ataladi)[1] dunyodagi eng katta qovogʻari hisoblanadi[2][3]. Osiyo gigant qovogʻarisining vatani Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Hindixitoy va Rossiyaning moʻtadil va tropik hududlari hisoblanadi. Shuningdek, Osiyo gigant qovogʻarisi 2019-yil oxirida Shimoliy Amerikaning shimoli-gʻarbiy qismlaridan ham topilgan[4][5].

Head detail

Osiyo gigant qovogʻarilari togʻlarning pastki qismlari va oʻrmonlarda yashashni afzal koʻradi. Osiyo gigant qovogʻarilari tekisliklar va togʻlarning baland qismlarida umuman uchramaydi. Osiyo gigant qovogʻarilari kemiruvchilar qazigan tunnellar yoki chirigan qaragʻay ildizlari yaqinidagi joylarni egallash orqali uya yaratadi.Osiyo gigant qovogʻarilari asosan yirikroq hasharotlar, evsotsial hasharotlar koloniyalari, daraxt shirasi va asalarilar koloniyalarining asallari bilan oziqlanadi[6].Osiyo gigant qovogʻarilarining tana uzunligi 45 mm (1 34 in) , qanotlari kengligi 75 mm (3 in) ni tashkil qiladi[7].

Taksonomiya va filogeniya[tahrir | manbasini tahrirlash]

„magnifica“ shakli

Vespa mandarinia(Osiyo gigant qovogʻarisi) barcha qovogʻari jinsini oʻz ichiga olgan tur hisoblanadi. Vespa mandarinia turi qovogʻarilarning boshqa yetti turi bilan birgalikda Vespa tropica guruhini tashkil qiladi. Guruh ichida Vespa mandarinia(Osiyo gigant qovogʻarisi)ning eng yaqin turi Vespa soror hisoblanadi[8]. Turlarning anatomik oʻxshashligi va xulq-atvor oʻxshashligi filogenez bilan bogʻliq boʻlmagani uchun oʻtmishda turkumni kichik turlarga ajratishga harakat qilingan[9].

Umumiy nomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu tur Shimoliy Amerika hududida topilganidan keyin ilmiy adabiyotlar va rasmiy hukumat manbalarida tur oʻzining umumiy nomi „Osiyo gigant qovogʻarisi“ bilan atala boshlangan. Ommaviy axborot vositalarida esa tur nomi „qotil qovogʻari“ laqabi bilan qoʻllanila boshlagan[10][11][12].2022-yil iyul oyida Amerika Entomologiya jamiyati ushbu tur uchun „shimoliy gigant qovogʻarisi“ nomini qabul qilishlarini maʼlum qildi[13][14][15].

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hornet specimen held in a human hand to illustrate its size

Jinsdan qatʼi nazar, qovogʻarining boshi toʻq sariq rangda boʻladi. Uning koʻzlarining rangi toʻq jigarrangdan qora ranggacha boʻladi. Vespa mandarinia(Osiyo gigant qovogʻarisi) boshqa qovogʻarilardan oʻzining katta genalari bilan ajralib turadi.Osiyo gigant qovogʻarisining koʻkrak qafasi toʻq jigarrang, ikkita qanoti esa kulrang tusli boʻladi. Osiyo gigant qovogʻarisi oʻzida kuchli zaharni saqlaydi. bir vaqtning oʻzida bir nechta qovogʻarining chaqishi odamni oʻldirishi mumkin[16].

Qirolicha va ishchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osiyo gigant qovogʻarilari koʻpchilik tur singari qirolicha va ishchi qovogʻarilarga boʻlinadi. Qirolicha qovogʻarilari ishchi qovogʻarilariga qaraganda ancha katta boʻlishadi.Qirolicha qovogʻarilar 50 mm (2 in) dan oshishi mumkin, ishchi qovogʻarilar 35 and 40 mm (1 25 and 1 35 in) gacha boʻladi [17].

Yapon asal asalarilarining mudofaa toʻpi (Apis cerana japonica).Ushbu turdagi mudofaa Osiyo gigant qovogʻarilariga qarshi ham qoʻllaniladi.

Dronlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dronlar (erkak qovogʻarilar) qirolicha qovogʻarilariga oʻxshaydi lekin ularda stinger(chaqish uchun nish)lar boʻlmaydi. Dronlarda stingerlarning boʻlmasligi barcha pardaqanotlilar uchun xos xususiyatdir[18].

Tarqatishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ekologik taqsimot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vespa mandarinia (Osiyo gigant qovogʻarisi) oʻrmon hududida keng tarqalgan[19]. Osiyo gigant qovogʻarisi shahar hududida ham uchraydi(faqat yashil maydonlarda). Haddan tashqari urbanizatsiyalashgan hududlarda Vespa guruhining Vespa analis turi keng tarqalgan. Vespa mandarinia (Osiyo gigant qovogʻarisi)ning yirtqich turlari uchramaydi.

Geografik taqsimot[tahrir | manbasini tahrirlash]

An Asian giant hornet

Vespa mandarinia (Osiyo gigant qovogʻarisi)ni quyidagi joylarda topish mumkin:

Shimoliy Amerika[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda Osiyo gigant qovogʻarilari Shimoliy Amerika hududida ham topilgan. Osiyo gigant qovogʻarilari Shimoliy Amerikaning Vancouver, Whatcom okrugi va Washington hududlari aniqlangan.

  • 2019-yil avgust oyida Vancouver orolidagi Nanaimo shahrida Osiyo gigant qovogʻarilarining uchta uyasi topildi va uyalar yo‘q qilindi[21][22].
  • 2019-yil sentyabr oyi oxirida Blaine shahrida (Washington shtati) ishchi qovogʻari turi haqida xabar berildi[23].
  • 2019-yil oktyabr oyida va 8-dekabrda yana ikkita ishchi qovogʻari topilgan[23][24].
  • 2020-yilning may oyida Britaniya Kolumbiyasining Langley shahrida va Washington shtatining Custer shahrida Osiyo gigant qovogʻarilarining ikkita namunasi aniqlangan[23].
  • 2020-yil 14-iyulda Washington shtatining Birch Bay shahri yaqinida qirolicha qovogʻari turi aniqlangan[24].
  • 2020-yilning 29-iyulida Washington shtatining Custer shahrida dron qovogʻari ushlangan[25].
  • 2020-yil 23-oktabrda Washington shtati qishloq xo‘jaligi departamenti qovogʻarining uyasi topilganligini eʼlon qildi[26] Ertasi kuni qovogʻari uyasidagi 100 ga yaqin qovogʻarilar yoʻq qilindi[27][28][29]. Keyinchalik tahlildan soʻng, qovogʻari uyasida 500 ga yaqin tirik namunalar, jumladan 200 ga yaqin qirolicha borligi aniqlangan[26][30]. Ushbu namunalarning baʼzilari NMNH Biorepository doimiy kriogen kolleksiyasining bir qismi boʻlish uchun Smithsonian institutiga yuborilgan[31][32].
  • 2020-yil 2-noyabrda Abbotsford hududida (Britaniya Kolumbiyasi) yana bitta qovogʻari namunasi topilgan[33][34][35][36].
  • 2020-yil 7-noyabrda Britaniya Kolumbiyasidagi Aldergrove shahrida qirolicha qovogʻari namunasi topildi[37][38][39][40][41][42].

Britaniya Kolumbiyasi va Washington hududlaridan topilgan populyatsiyalarning ajdodlari boʻlgan ona populyatsiyasini aniqlash uchun mitoxondrial DNK tahlili oʻtkazildi.

Erkak

Zahar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osiyo gigant qovogʻarisining stingeri (chaqish aʼzosi) juda kuchli zaharni saqlaydi.Koʻpchilik qovogʻari zahari tarkibida mastoparanlar mavjud boʻladi. Mastoparanlar sitolitik peptidlar boʻlib, oʻz fosfolipazasiga qoʻshimcha ravishda fosfolipaza taʼsirini ragʻbatlantirish orqali toʻqimalarga zarar yetkazishi mumkin[43]. Tamagawa universiteti entomologi Masato Ono qovogʻarining odamni chaqishini „oyogʻimga issiq mix tiqilgandek“ deb taʼriflagan[44]. Osiyo gigant qovogʻarilari zaharni ineksiya qilish uchun tishlagichlarini ishlatishdan tashqari, maʼlum sharoitlarda zaharni odamning koʻziga purkashga qodir[45].

Qovogʻari zahri tarkibida neyrotoksin mavjud[46]. Qovogʻari zahari molekulyar ogʻirligi 20 kDa atrofida boʻlgan bir zanjirli polipeptid hisoblanadi. Odam tanasiga bitta ari chaqishi natijasida odamni oʻldiradigan darjadagi dozani yubora olmasa ham, bir nechta qovogʻarining chaqishi natijasida odamda oʻlim xavfi yuzaga kelishi mumkin. Sichqonlar ishtirokidagi testlar shuni koʻrsatdiki, Osiyo gigant qovogʻarilari zahri barcha ari zaharlari ichida eng halokatli hisoblanadi (Osiyo gigant qovogʻarilarida LD50 4,0  mg/kg. ga teng).  Taqqoslash uchun, eng halokatli ari zahari ogʻirligi V. luctuosa turiga tegishli (1,6 mg/kgga teng)[47].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Eng katta hasharotlar roʻyxati

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Giant hornet gets new name“ (en). agr.wa.gov. Qaraldi: 25-iyul 2022-yil.
  2. Smith-Pardo, Allan H; Carpenter, James M.; Kimsey, Lynn; Hines, Heather (May 2020). "The diversity of hornets in the genus Vespa (Hymenoptera: Vespidae; Vespinae), their importance and interceptions in the United States". Insect Systematics and Diversity 4 (3). doi:10.1093/isd/ixaa006. 
  3. Piper, Ross. Extraordinary Animals: An Encyclopedia of Curious and Unusual Animals, 2007 — 9–11 bet. ISBN 978-0-313-33922-6. 
  4. BC Gov News: Asian Giant Hornet nest eradicated in Nanaimo.
  5. USDA New Pest Response Guidelines: Vespa mandarinia Asian giant hornet.
  6. Campbell. Vespa mandarinia. Encyclopedia of Life (11-noyabr 2014-yil). 7-oktyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-sentyabr 2014-yil.
  7. Handwerk. „"Hornets From Hell" Offer Real-Life Fright“. National Geographic News (25-oktyabr 2002-yil). 25-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  8. Archer, Michael E. (1993). "A phylogenetic study of the species of the genus Vespa (Hymenoptera: Vespinae)". Insect Systematics & Evolution 24 (4): 469–478. doi:10.1163/187631293x00226. 
  9. Vecht, Jacobus van der (21 May 1959). "Notes on oriental Vespinae, including some species from China and Japan (Hymenoptera, Vespidae)". Zoologische Mededelingen (Naturalis) 36 (13): 205–232. https://www.repository.naturalis.nl/record/318251. 
  10. Baker, Mike. „'Murder Hornets' in the U.S.: The Rush to Stop the Asian Giant Hornet“. The New York Times (2-may 2020-yil). Qaraldi: 5-may 2020-yil.
  11. „Murder hornet“. Collins English Dictionary. Qaraldi: 1-noyabr 2020-yil.
  12. Garvey. „About Those Asian Giant Hornets...“. UC Davis: San Mateo & San Francisco Counties. University of California, Davis (4-may 2020-yil). — „"It's ridiculous to call them murder hornets,” says noted UC Davis wasp expert and researcher Lynn Kimsey, director of the Bohart Museum of Entomology and professor of entomology, UC Davis Department of Entomology and Nematology.“. 7-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-oktyabr 2022-yil.
  13. „'Murder hornets' get a new name; now called northern giant hornets“ (en-US). FOX 13 Seattle (25-iyul 2022-yil). Qaraldi: 25-iyul 2022-yil.
  14. Schlosser. „Murder hornets get a new name, but desire to wipe them out in Washington state remains the same“ (en-US). GeekWire (25-iyul 2022-yil). Qaraldi: 25-iyul 2022-yil.
  15. „'Murder Hornet' Rebranding Makes A Clean Break From Crime“ (en-US). news.yahoo.com. Qaraldi: 27-iyul 2022-yil.
  16. Barth. „Vespa mandarinia“. Animal Diversity Web. University of Michigan Museum of Zoology. 8-oktyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-sentyabr 2014-yil.
  17. Barth. „Vespa mandarinia“. Animal Diversity Web. University of Michigan Museum of Zoology. 8-oktyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-sentyabr 2014-yil.
  18. Barth. „Vespa mandarinia“. Animal Diversity Web. University of Michigan Museum of Zoology. 8-oktyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-sentyabr 2014-yil.
  19. Matsuura, Makoto; Sakagami, Shôichi F. (1973). "A Bionomic Sketch of the Giant Hornet, Vespa mandarinia, a Serious Pest for Japanese Apiculture (With 12 Text-figures and 5 Tables)". 北海道大學理學部紀要 (北海道大學 (Hokkaido University)) 19 (1): 125–162. 
  20. „broadcast listing“. TV Asahi (28-sentyabr 2008-yil). Qaraldi: 16-oktyabr 2022-yil.
  21. „British Columbia Ministry of Agriculture Pest Alert: Asian Giant Hornet“ (sentyabr 2019).
  22. Bérubé, Conrad (February 2020). "Giant Alien Insect Invasion Averted – Canadian Beekeepers Thwart Apicultural Disaster". American Bee Journal: 209–214. http://beesforbabar.org/pdf/20200130abj_agh.pdf. 
  23. 23,0 23,1 23,2 „Confirmed Asian giant hornet detections“. Washington State Department of Agriculture.
  24. 24,0 24,1 „Hornets“. Washington State Department of Agriculture.
  25. „First male 'murder hornet' trapped in Wash. state“. KOMO News (17-avgust 2020-yil). Qaraldi: 2-noyabr 2020-yil.
  26. 26,0 26,1 „Washington State Department of Agriculture Press Conference“. TVW (10-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2020-yil.
  27. „Washington state crews destroy first US murder hornet nest“. The Guardian. Associated Press (24-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 25-oktyabr 2020-yil.
  28. Geranios, Nicholas. „Scientists remove 98 'murder hornets' in Washington state“. AP News (26-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 26-oktyabr 2020-yil.
  29. Salp. „Stirring up a hornet nest – safely“. Washington State Department of Agriculture (30-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 3-noyabr 2020-yil.
  30. „'Murder hornet' nest with nearly 200 queens destroyed 'in the nick of time'“. CBS News (11-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2020-yil.
  31. Eisenstadt. „Family Members Follow Original Asian Giant Hornet to Smithsonian“. Smithsonian Magazine. Smithsonian Institution (17-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2020-yil.
  32. „Frozen 'murder hornets' shipped across the country for further study“. KATU (17-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2020-yil.
  33. „B.C. beekeepers and residents asked to keep lookout after discovery of another Asian giant hornet“. CBC (3-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2020-yil.
  34. Mooney. „Residents alerted after 'murder hornet' found in Abbotsford“. Vancouver Sun (3-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2020-yil.
  35. Azpiri. „'Murder hornet' spotted in Abbotsford, B.C.“. Global News (3-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2020-yil.
  36. „"Murder hornet" discovered in Abbotsford neighbourhood“. Daily Hive Vancouver (3-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2020-yil.
  37. jonazpiri. „Another 'murder hornet' spotted in B.C. – BC“. Global News (10-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 13-noyabr 2020-yil.
  38. Daflos. „Residents find queen 'murder hornet' in B.C.'s Fraser Valley as ministry traps sit empty“. CTV News (12-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 13-noyabr 2020-yil.
  39. Mangione. „2 'murder hornets' found about 5 kilometres apart within 5 days in B.C.“. CTV News (10-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 13-noyabr 2020-yil.
  40. „Another 'murder hornet' discovered in B.C.'s Fraser Valley“. CTV News (3-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 13-noyabr 2020-yil.
  41. Claxton. „Asian giant "murder hornets" found in Brookswood“. Aldergrove Star (28-may 2020-yil). Qaraldi: 13-noyabr 2020-yil.
  42. „Two more 'murder hornets' turn up on B.C. mainland“. AgCanada.
  43. Matsuura, Makoto; Sakagami, Shôichi F. (1973). "A Bionomic Sketch of the Giant Hornet, Vespa mandarinia, a Serious Pest for Japanese Apiculture (With 12 Text-figures and 5 Tables)". 北海道大學理學部紀要 (北海道大學 (Hokkaido University)) 19 (1): 125–162. 
  44. Handwerk. „"Hornets From Hell" Offer Real-Life Fright“. National Geographic News (25-oktyabr 2002-yil). 25-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  45. Hirano, Koji; Tanikawa, Atsuhiro (May–August 2020). "Ocular injury caused by the sprayed venom of the Asian Giant Hornet (Vespa mandarinia)". Case Reports in Ophthalmology 11 (2): 430–435. doi:10.1159/000508911. PMID 32999672. PMC 7506230. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7506230. 
  46. Matsuura, Makoto; Sakagami, Shôichi F. (1973). "A Bionomic Sketch of the Giant Hornet, Vespa mandarinia, a Serious Pest for Japanese Apiculture (With 12 Text-figures and 5 Tables)". 北海道大學理學部紀要 (北海道大學 (Hokkaido University)) 19 (1): 125–162. 
  47. Schmidt, Justin O.; Yamane, Soichi; Matsuura, Makoto; Starr, Christopher K. (1986). "Hornet venoms: Lethalities and lethal capacities". Toxicon (Elsevier) 24 (9): 950–954. doi:10.1016/0041-0101(86)90096-6. PMID 3810666. http://www.ckstarr.net/cks/1986-VENOM.pdf. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]