Oqbuloqsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oqbuloqsoy
Tavsif
Uzunligi 7,8
Havzasi 15 kv.km
Suv oqimi
Boshlanishi Oqbuloq chashmasi
 · Boshlanish joyi Kattabogʻdon qishlogʻi, Forish, Jizzax
 · Balandligi 900 m
Quyilishi Ilonchisoy
 · Quyilish joyi Oqtepa, Forish, Jizzax
 · Balandligi 606 m
Joylashuvi
Davlat Oʻzbekiston
Tuman Forish


Oqbuloqsoy - Jizzax viloyati Forish tumanidagi soy. Nurota tizmasining sharqiy tarmogʻi — Qoʻytosh togʻlarining shimoliy yonbagʻrida, Katta Bogʻdon qishlogʻidagi Oqbuloq chashmasidan (900 m) hosil boʻladi. Shimoliy yoʻnalishda oqadi. Uzunligi 7,8 km, havzasining maydoni 15 km2. Boshlanishida joylashgan Oqbuloq chashmasi Matlubotchi bolalar yozgi oromgohi hududida joylashgan, atrofi obodonlashtirilib marmar bilan egirilgan. Oqtepa qishlogʻi yonida unga Yomchisoy qoʻshilgach, Ilonchisoy deb ataladi. Oqbuloqsoy chashma suvidan tashqari bahor mavsumida qor, mavsumiy yomgʻir suvlaridan ham toʻyinadi. Oqbuloq chashmasidan 700 m quyida Qorabuloq chashmasi suvlari qoʻshilgach suvlari yana ham toʻyinadi. Yillik oqimning 70—80% mart — aprelda oqib oʻtadi. Oqbuloqsaoydan uzumzorlar, mevazor va poliz ekinlarini sugʻorishda foydalaniladi.

U boshlanish nuqtasidan Oqtepada Yomchisoy bilan qo'shilishguncha 4H1249 raqamli Bo'g'ombir aylanma yo'lini va quyidagi qishloqlarni kesib o'tadi:

  • Katta Bog'don q.
  • Sayyod q.
  • Usta-Qishloq q.
  • Ilonchi q.
  • Jayraxona q.
  • Archa q.
  • Oqtepa q.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Ilonchisoy wikipedia sahifasi
  3. Google Maps