Ilonchisoy
Jump to navigation
Jump to search
Ilonchisoy - Jizzax viloyati Forish tumanidagi soy. Nurota tizmasining sharqiy tarmogʻi — Qoʻytosh togʻlarining shimoliyyon bagʻridan (1500 m) boshlanuvchi 15 ga yaqin kichik irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Shim.yoʻnalishda oqadi. Uz. 32 km, havzasining mayd. 47 km2. Boshlanishida Oqbuloqsoy deb, Oqtepa qishlogʻi yonida unga Yomchisoy qoʻshilgach, I. deb ataladi. Xonbandi togʻini kesib oʻtgach, Uchquloch shaharchasidan 1 km shimoli-gʻarbda tugaydi. I. qor, mavsumiy yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Yillik oqimning 70—80% mart — aprelda oqib oʻtadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 200—250% l/sek. I.dan sugʻorishda foydalaniladi.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |