Oltin humo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Oltin Humo“ milliy kinotaqdimoti

„Oltin Humo“ milliy mukofoti statuetkasi
Mukofot sohasi Kinematografiya
Tashkilotchi  Oʻzbekiston Kinoarboblar ijodiy uyushmasi
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Joy Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Birinchi berilgan yili 2019

„Oltin Humo“ — Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasining har yili taqdim etiladigan mukofoti. 2018-yil 26-dekabrda milliy kinotaqdimot sifatida taʼsis etilib, ilk bor 2019-yil 10-aprelda boʻlib oʻtgan.[1][2] U Oʻzbekistonda kinoijodkorlarni munosib ragʻbatlantirishni maqsad qilgan.[3]

Nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oʻzbek kinematografiyasiga qoʻshgan xissasi uchun „Oltin Humo“ maxsus mukofoti“
  • „Eng yaxshi hujjatli film“
  • „Eng yaxshi animatsion film“
  • „Eng yaxshi kompyuter grafikasi“
  • „Eng yaxshi ovoz rejissori“
  • „Eng yaxshi grim rassomi“
  • „Eng yaxshi montaj ishi“
  • „Eng yaxshi libos boʻyicha rassom ishi“
  • „Eng yaxshi rassom ishi“
  • „Eng yaxshi kino bastakori“
  • „Eng yaxshi ssenariy“
  • „Eng yaxshi operatorlik ishi“
  • „Eng yaxshi rejissorlik ishi“
  • „Eng yaxshi ayol roli“
  • „Eng yaxshi erkak roli“
  • „Tomoshabin mehrini qozongan film“
  • „Eng yaxshi film“

"Oltin Humo" — 2019[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Oltin Humo" milliy kinotaqdimoti ilk bor 2019-yil 10-aprelda "Turkiston" sanʼat saroyida boʻlib oʻtgan. Marosimda 2017-2018-yillarda mamlakatda suratga olingan filmlar va kinoijodkorlar 17 ta nominatsiya boʻyicha taqdirlanganlar.

Nominatsiya Nominatsiya gʻolibi
Oʻzbek kinematografiyasiga qoʻshgan xissasi uchun „Oltin Humo“ maxsus mukofoti Baxtiyor Ixtiyorov
Abdurahim Ismoilov
Qamara Kamolova
Sayram Isayeva
Xayrulla Saʼdiyev
Xabibulla Fayziyev
Eng yaxshi hujjatli film "Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi" DUK mahsuloti, rejissor Muzaffar Qoraboyevning "Ikki elning suyukli farzandi" filmi
Eng yaxshi animatsion film "Multiplikatsion filmlar studiyasi" DUK mahsuloti, rejissor Nozim Toʻlaxoʻjayevning "Dovyurak oshpaz" filmi
Eng yaxshi kompyuter grafikasi Laziz Gʻaniyev, "Elparvar" filmidagi ishi uchun
Eng yaxshi ovoz rejissor Anvar Fayzullayev, „Tinchlik ortida“ filmidagi ishi uchun
Eng yaxshi grim rassomi Valentina Abduqunduzova, „Islomxoʻja“ filmidagi ishi uchun
Eng yaxshi montaj ishi Qudratilla Dadajonov, „Issiq non“ filmidagi ishi uchun
Eng yaxshi libos boʻyicha rassom ishi Nina Dobrina, „Elparvar“ filmidagi ishi uchun
Eng yaxshi rassom ishi Akmal Saidov, „Islomxoʻja“ filmidagi ishi uchun
Eng yaxshi kino bastakori "Omnibus" ansambli, „Nazira“ va „Elparvar“ filmlaridagi ishi uchun
Eng yaxshi ssenariy Umid Hamdamov, „Issiq non“ filmidagi ishi uchun
Eng yaxshi operatorlik ishi Rustam Murodov, „Elparvar“ filmidagi ishi uchun
Eng yaxshi rejissorlik ishi Rashid Malikov, „Sabot“ filmidagi ishi uchun
Eng yaxshi ayol roli Muyassar Bediqulova, „Nazira“ filmidagi roli uchun
Eng yaxshi erkak roli Karim Mirxadiyev, „Sabot“ filmidagi roli uchun
Tomoshabin mehrini qozongan film "MUHTASHAM MEDIA" kinostudiyasi mahsuloti, rejissor Said Muxtorovning "Vasiyat" filmi
Eng yaxshi film "O'zbekfilm" DUK mahsuloti, rejissor Umid Hamdamovning "Issiq non" filmi

"Oltin Humo" — 2021[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Oltin Humo" kinotaqdimoti 2021-yilda keng qamrovda boʻlib oʻtdi.[4][5] Taqdimot 2020-yil COVID-19 pandemiyasi tufayli kechiktirilgani sababli ikki yil (2019-2020) davomida suratga olingan jami 53 ta[6], xususan 25 ta badiiy, 21 ta xujjatli va 7 ta animatsion filmlar saralash komissiyasiga topshirilgan.[7][8]

„Oltin Humo“ kinotaqdimoti ikkinchi bor 2021-yilning 22-dekabrida „Kinochilar uyi“ da boʻlib oʻtdi[9][10][11]. Bu galgi kinotaqdimot hakamlar hayʼati tarkibida quyidagi mutaxassislar boʻlgan:[12]

Nominatsiya Nominatsiya gʻolibi
Oʻzbek kinematografiyasiga qoʻshgan xissasi uchun „Oltin Humo“ maxsus mukofoti
Eng yaxshi hujjatli film "Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi" DUK mahsuloti, rejissor Ali Hamroyevning "Xalq jasorati" filmi
Eng yaxshi animatsion film "ASTIR ANIMATION STUDIO" kinostudiyasi mahsuloti, rejissor Abdulatif Haydarovning "Avtosarguzashtlar 4" filmi
Eng yaxshi kompyuter grafikasi Dilshod Latifxoʻjayev, „Ibrat“ filmidagi ishi uchun
Eng yaxshi ovoz rejissor Anvar Fayzullayev, „Ilhaq“ filmidagi ishi uchun
Eng yaxshi grim rassomi Zilola Sobirova, „Ilhaq“ filmidagi ishi uchun
Eng yaxshi montaj ishi Xurshid Alixoʻjayev, „Tengiz“ filmidagi ishi uchun
Eng yaxshi libos boʻyicha rassom ishi Zuxra Gʻaniyeva. „Ilhaq“ filmidagi ishi uchun
Eng yaxshi rassom ishi Isobek Egamberdiyev,Husaynboy Eshniyozov, „Qoʻqon Shamoli“ filmidagi ishi uchun
Eng yaxshi kino bastakori Ubaydulla Karimov, „Rangsiz tushlar“ filmidagi ishi uchun
Eng yaxshi ssenariy Umid Hamdamov, "Rangsiz tushlar" filmidagi ishi uchun
Eng yaxshi operatorlik ishi Jahongir Ibragimov, „Ilhaq“ filmidagi ishi uchun
Eng yaxshi rejissorlik ishi Ayub Shahobiddinov, "Rangsiz tushlar" filmidagi ishi uchun
Eng yaxshi ayol roli Dilorom Karimova, „Ilhaq“ filmidagi roli uchun
Eng yaxshi erkak roli Karim Mirxadiyev, „Ibrat“ filmidagi roli uchun
Tomoshabin mehrini qozongan film "Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi" DUK mahsuloti, rejissor Rixsivoy Muhammadjonovning "Qor yogʻmoqda, oppoq qor" filmi
Eng yaxshi film "Ezgu film" kinostudiyasi mahsuloti, rejissor Jahongir Ahmedovning "Ilhaq" filmi


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
  2. https://m.xabaruz.com/uz/madaniyat/oltin-humo-milliy-kinotaqdimotining-saralash
  3. https://www.xabar.uz/uz/madaniyat/ozbekistonda-yangi-kinomukofot
  4. https://kun.uz/uz/news/2021/12/23/oltin-humo-milliy-kinomukofotining-tantanalari-marosimi-bolib-otdi
  5. https://qalampir.uz/uz/news/eng-yakhshi-fil-m-akter-rezhisser-oltin-%D2%B3umo-kinomukofoti-tak-dirlash-marosimi-utkazildi-52048
  6. https://oyina.uz/uz/posts/2545
  7. https://daryo.uz/2021/12/30/mukofotni-olganda-yiglagan-grimyor-olti-nominatsiya-golibi-ilhaq-zalni-turgizgan-rolik-oltin-humo-taqdirlas/
  8. https://zamon.uz/detail/oltin-humo-milliy-kinomukofoti-goliblarga-topshirildi-jamiyat
  9. https://xabardor.uz/uz/post/oltin-humo-milliy-kinomukofotini-tantanali-topshirish-marosimi-bolib-otdi
  10. https://www.uzdaily.uz/index.php/en/post/70394
  11. arxiv nusxasi, 2022-02-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-02-11
  12. https://podrobno.uz/cat/calche/v-tashkente-proydet-natsionalnaya-kinopremiya-oltin-khumo/