Qamara Kamolova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qamara Shodmonovna Kamolova (1938.9.12, Buxoro) — rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1982). Faoliyatini 1964 yil Toshkent telestudiyasida boshlagan. 1965 yildan "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida kinorej. "Gʻaroyib sarguzasht", "Rahim va qoʻngʻiz", "Bulutni kim yasadi", "Qiz-bola va yulduzcha", "Velosipedcha qochib ketdi" kabi multfilmlarni ishlagan. Eng yaxshi badiiy filmlari: "Achchiq danak", "Oʻzganing baxti", "Ertaga chiqasanmi?", "Nabiramiz militsiyada ishlaydi", "Boʻlmagan narsa haqida", "Yovvoyi", "Atrof qor bilan qoplandi" va b. 1993 yil "Shod" studiyasini tashkil qilib, unga rahbarlik qilib keladi. "Achchiq danak" filmi Qohira kinofestivali (1978)ning "Kumush Nefertiti" sovrini, Fransiyaning Strasburg sh.da oʻtkazilgan kinofestival (1979) sovrini bilan taqdirlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil