Ali Hamroyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ali Hamroyev
Tavalludi 19-may 1937-yil (1937-05-19) (86 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi rejissor va ssenariychi

Ali Ergashevich Hamroyev (1937-yil, 19-may, Toshkent) — taniqli oʻzbek rejissori, ssenariychisi va aktyori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1971). Hamroyev 1960- va 1970-yillarda olgan filmlari bilan SSRIda shuhrat qozongan.[1] Ali Hamroyev shu kungacha 30 dan oshiq hujjatli film va 20 dan oshiq badiiy film yaratgan.[2]

Hamroyevning eng mashhur filmlari „Yor-Yor“ (1964), „Soqchi“ (1972) va „Vuodillik kelin“ (1984) filmlaridir. Hamroyevning „Bo Ba Bu” (1998) filmi koʻplab Yevropa mamlakatlarida namotish qilingan. 2010-yil Hamroyev oʻzining yangi filmida Jack Nicholson Amir Temur rolini oʻynashga rozi boʻlganini eʼlon qildi.[3]

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ali Hamroyev 1937-yil 19-mayda Toshkenda tugʻilgan. Otasi Ergash Hamroyev. Ali Hamroyev Moskvadagi Gerasimov nomli Kinematografiya Institudida (VGIK) tahsil olgan. VGIKni 1961-yil tugatgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hamroyev 1961-yildan „Oʻzbekfilm“da rejisssor boʻlib ishlay boshlagan. „Bolalar haqida kichik hikoyalar“ uning birinchi filmi. Ali Hamroyev „Yor-yor“, birinchi oʻzbek film-operasi „Dilorom“, „Laylak keldi, yoz boʻldi“, „Qizil qum“, „Favqulodda komissar“, „Shijoat“, „Yettinchi oʻq“, „Muxlis“, „Inson qushlar ortidan boradi“ (Dehli festivalida „Eng yaxshi rejissura uchun“ sovrinini olgan, 1977), „Mevazorlik ayol“ kabi filmlari bilan tanilgan. Shuningdek, „Salom, Bahor!“, „Turkiston“, „Oʻzbekiston“, „Toshkent jasorati“ va boshqa hujjatli filmlarga ham rejisorrlik qilgan.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rejissor[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ruscha: «Маленькие истории о детях, которые...» (1961)
  • Ruscha: «Любит - не любит?/Первое признание» (1964)
  • „Yor-Yor” (Ruscha: «Где ты, моя Зульфия?») (1964)
  • Ruscha: «Белые, белые аисты» (1966)
  • „Dilorom” (1967)
  • Ruscha: «Бабушка, пяти тысяч внуков» (1967)
  • Ruscha: «Красные пески» (1968)
  • Ruscha: «Чрезвычайный комиссар» (1970)
  • Ruscha: «Без страха» (1971)
  • Ruscha: «Седьмая пуля» (1972)
  • Ruscha: «Поклонник» (киноальманах) (1973)
  • Ruscha: «Человек уходит за птицами» (1975)
  • Ruscha: «Годы братства и испытаний. Узбекистан 1941-1945» (1976)
  • Ruscha: «Триптих» (1978)
  • Ruscha: «Телохранитель» (1979)
  • Ruscha: «Жаркое лето в Кабуле» (1983)
  • „Vuodillik kelin” (Ruscha: «Невеста из Вуадиля») (1984)
  • Ruscha: «Я тебя помню» (1985)
  • Ruscha: «Сад желаний» (1988)
  • „Kim jinni?” (Ruscha: «Кто сумасшедший?») (1992)
  • Ruscha: «Место под солнцем/Казино "Надежда"» (2004)
  • Ruscha: «Артисты» (2007)

Ssenariy muallifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ruscha: «Белые, белые аисты» (1966)
  • „Dilorom” (1967)
  • Ruscha: «Чрезвычайный комиссар» (1970)
  • Ruscha: «Без страха» (1971)
  • Ruscha: «Эшмат - добрый ангел» (1979) (qisqa film)
  • Ruscha: «Телохранитель» (1979)
  • Ruscha: «Стрелять сгоряча не стоит» (1983)
  • „Vuodillik kelin” (Ruscha: «Невеста из Вуадиля») (1984)
  • Ruscha: «Я тебя помню» (1985)
  • „Kim jinni?” (Ruscha: «Кто сумасшедший?») (1992)
  • „Bo Ba Bu” (1998)

Aktyor[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Kira” (2003)
  • Ruscha: «Место под солнцем/Казино "Надежда"» (2004)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ali Hamroyevning biografiyasi (rus.))“. Kino-Teatr. Qaraldi: 6-iyun, 2012.
  2. „Ali Hamroyev: Antonioni bilan kolxozchi uyida qoldik (rus.). Kultura. 2012-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun, 2012.
  3. „Ali Hamroyoev: Jack Nicholson Temur rolida (rus.) (28-fevral, 2011). Qaraldi: 6-iyun, 2012.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]