Kontent qismiga oʻtish

Ayub Shahobiddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ayub Shahobiddinov
Tavalludi 26-may 1977-yil (1977-05-26) (47 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
Kasbi Rejissyor, ssenariynavis
Faoliyat yillari 2003-yildan hozirgacha
Mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

Ayub Shahobiddinov (1977-yil 26-may, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek rejissyori va ssenariynavisi.

Ayub Shahobiddinov 1977-yil 26-mayda Toshkentda tugʻilgan. U 1999-yilda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan. Institutni tamomlab, Milliy teleradiokompaniyada telerejissor sifatida faoliyat olib borgan. U televideniyeda ishlab yurgan yillari Moskvadagi ssenariy va rejissorlik oliy kurslariga ariza topshiradi, shundan soʻng ikki yil davomida S.Solovyov va V.Rubinchiking mahorat darslariga qatnashadi. Kursni muvaffaqiyatli tamomlab, Shahobiddinov Oʻzbekistonga qaytib keladi va oʻz karyerasini Oʻzbekistonning yetakchi kinostudiyalaridan, Oʻzbekfilm kinostudiyasida boshlaydi.

Uning „Qor qoʻynida lola“ (2003) nomli debyut filmi Toshkentda oʻtkazilgan „Ijodiy Parvoz“ xalqaro festivalida Gran-pri sovrini bilan mukofotlanadi, 2004-yilda Xalqaro Kann kinofestivalida konkursdan tashqari namoyish qilinadi. Bundan tashqari rejissorning kinoplyonkada suratga olingan ilk filmi, „Koʻrgilik“ (2005) ham „Ijodiy parvoz“ xalqaro festivalida namoyish etiladi va keyinchalik filmni Ozarbayjonning Boku shahrida oʻtkazilgan „Start“ yoshlar festivalida ham maxsus namoyish etishadi.

2007-yildan boshlab Ayub Shahobiddinovning filmlari dunyoning turli mamlakatlarida oʻtkazilgan xalqaro festivallarda ishtirok etadi. „Oʻtov“ (2007)[1] filmi Rossiyaning Kinoshok festivalida eng yaxshi aktyor nominatsiyasi bilan, Turkiyaning Kemri shahrida „Cinemarina“ xalqaro kinofestivalida gran-pri va Toshkentda Milliy kinofestivalda gran-pri bilan mukofotlanadi. Bundan tashqari „Oʻtov“ Tojikistonning Dushanbe shahrida oʻtkazilgan „Didor“ (Wayback Machine saytida 2021-06-07 sanasida arxivlangan) xalqaro kinofestivalida maxsus hakam mukofoti bilan va „Oltin minbar“ Xalqaro Musulmon kino festivalida Turkiy kinematografiyaga qoʻshgan hissasi uchun diplom bilan mukofotlanadi. Rejissorning „Parizod“ (2012)[2] filmi ham koʻplab xalqaro kinofestivallar ishtirokchisi va sovrindori boʻlgan. Jumladan Nyu York Yevroosiyo kinofestivali da "Eng yaxshi rejissor" nominatsiyasi bilan[3], Rossiyada S.Bondarchuk nomidagi „Volokolamskiy rubej“ xalqaro kinofestivalida "Eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasi bilan[4], MDX, Latviya, Litva va Estoniya uchun Kinoshok festivalida gran-pri bilan mukofotlanadi. „Parizod“ filmi Shanxay Xalqaro Kinofestivalida maxsus namoyish etiladi. „Rangsiz tushlar[5][6](2020) psixologik dramasi Bangladesh „Cinemaking“ xalqaro kinofestivali (Wayback Machine saytida 2020-12-04 sanasida arxivlangan) da eng yaxshi ssenariy nominatsiyasi boʻyicha mukofotlanadi. Bundan tashqari ushbu film 2021-yilda "Oltin humo" milliy kinotaqdimotning "Eng yaxshi rejissorlik ishi", "Eng yaxshi bastakorlik ishi" va "Eng yaxshi ssenariy" nominatsiyalari boʻycha ham mukofotlandi.

Ayub Shahobiddinov yoshlar orasida oʻzining „Sevinch“ (2004), „Telba“ (2008), „Kechikkan hayot“ (2010), „Turist“ (2013) kabi filmlari va „Artist“ (2016-yil) sitkomi bilan ham mashxur

Film Yil Festival Mukofot Davlat
Qor qoʻynida lola 2003 Ijodiy Parvoz Xalqaro festivali Gran-pri Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Sevinch 2004
Koʻrgilik 2005
Oʻtov 2007 Kinoshok Xalqaro festivali Eng yaxshi aktyor Rossiya
Cinemarina Xalqaro kinofestivali Gran-pri Turkiya
Toshkent milliy kinofestivali Gran-pri Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Didor Xalqaro Kinofestivali Maxsus hakam mukofoti Tojikiston
"Oltin minbar" Xalqaro Musulmon Kinofestivali Turkiy kinematografiyaga qoʻshgan xissasi uchun
Telba 2008
Kechikkan hayot 2010 "Золотой Витязь" Xalqaro festivali "Бронзовый Витязь" sovrini Rossiya
Eng yaxshi aktyor
Parizod 2012 Nyu York Yevroosiyo kinofestivali Eng yaxshi rejissor AQSH bayrogʻi AQSh
Volokolomskiy rubej Eng yaxshi aktrisa Rossiya
Kinoshok Xalqaro kinofestivali Gran-pri
Turist 2013
"Artist" sitkom 2016
Rangsiz tushlar 2020 Cinemaking Eng yaxshi ssenariy Bangladesh
Oltin humo Eng yaxshi rejissorlik ishi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Eng yaxshi ssenariy
Eng yaxshi bastakorlik ishi
  1. arxiv nusxasi, 2016-06-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-05-19
  2. https://www.amerikaovozi.com/a/parizod-ayub-shaboddinov-interview/2977617.html
  3. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-may.
  4. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-may.
  5. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-may.
  6. [1] (Wayback Machine saytida 2021-05-19 sanasida arxivlangan)[2]