Olcha sharbati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olcha sharbati

Olcha sharbati – olcha mevalaridan tayyorlanadigan ichimlik. U ichimlik sifatida isteʼmol qilinadi va oziq-ovqat mahsulotlariga tam va koʻrinish berish uchun qoʻshiladi. Sogʻliqni saqlab turishda dorivor ichimlik sifatida tavsiya qilinadi. Tayyorlanishiga koʻra olcha mevalari terib olinadi, filtrlash va pasterizatsiyadan oʻtkazilib, qiymalagichda maydalangan holda sharbatga aylantiriladi.

Ishlatilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olcha sharbati oziq-ovqat mahsuloti sifatida ishlab chiqariladi. Turli xil ichimliklar, ovqatlar va qaylalar, pishiriqlar tarkibiga qoʻshiladi. Olchali muzqaymoq, olchali keks tayyorlashda tam va koʻrk berish maqsadida qoʻshiladi. Olcha konyaklari, olchali jele, mevalar aralashmasi ishlab chiqarishda ham ishlatiladi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir stakan Montmorency olcha sharbati

Yunon faylasufi Geradotning yozishicha qadimgi Argippiyaliklar olcha sharbatini sut bilan qoʻshib isteʼmol qilgan[2]. Qadimgi Rimliklar uchun ham olcha sharbati koʻp isteʼmol qilinadigan ichimliklardan hisoblangan. XIX asrlarda olcha sharbati AQShda bevosita ishlab chiqarilmay Germaniyadan olib kelingan[3]. Ular kirib kelgan sharbatni spirtli ichimliklar, dori-darmonlar, gazlangan suv tayyorlashda qoʻshimcha sifatida qoʻshgan[4]. Giyohvand moddalar ishlab chiqaradigan kompaniyalar sodali suv, siroplar, spirtli ichimliklar uchun sharbatdan foydalanadi. Achishning oldini olish uchun sharbatga spirt qoʻshiladi. Germaniyaning Magdeburg shahrida yetishtiriladigan qora olcha AQShga eksport qilinadi[5].

Spirtli ichimlik sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kirsch mevali ichimlik brendi tayyorlashda olcha sharbatidan foydalaniladi[6]. Olcha sharbatini distillash orqali qoʻshiladi. Pivo ichimligi tarkibiy qismi sifatida ham olcha sharbati qoʻshiladi. Samuel Smith Old Brewery kompaniyasi tomonidan tayyorlanadigan olcha sharbatida 17% organik olcha boʻlsa[7], Three Floyds Brewing II kompaniyasi olcha sharbatini faqat ingredient sifatida ishlatadi. Olcha sharbatidan foydalanib olcha sidri ham tayyorlanadi. Belgiyaning oʻziga hos olcha pivosi boʻlgan kriek lambik tayyorlanishida ham olcha sharbati ishlatiladi[8].

Dorivorligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olcha sharbati uyqusizlikdan qiynaladigan odamlar uchun tavsiya qilinadi. U uyquni yaxshilashi va davolashi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar boʻlmasada foydali hisoblanadi.

Ishlab chiqarilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olcha sharbati asosan issiq ekstraksiya va sovuq ekstraksiya usullarida ishlab chiqariladi[9].

Issiq ekstraksiyada olchalar isitiladi, qattiq moddalaridan ajratiladi, bosim ostiga qoʻyilib fitrlash, pasterizatsiya ishlari amalga oshiriladi. Bunday usulda olcha sovuq ekstraksiyaga qaraganda toʻqroq ranga ega boʻladi. Qizdirish usuli tabiiy fermentativ jarayonlarni kamayishiga sabab boʻlgani uchun keng tarqalgan. Sovuq ekstraksiyada olchalar yigʻib olinib, qattiq qismidan ajratiladi, ular bosim ostiga qoʻyilib, sharbat siqib olinadi, mikroorganizmlarni yoqotish maqsadida filtirlanib tozalanadi.

Sovuq ekstraktsiya usulida olingan sharbat koʻproq olcha taʼmini beradi, rangi issiq usuldagidan ochroq boʻladi. Olcha sharbatiga bazan askorbin kislota ham qoʻshiladi va bu stabilizator boʻlib hizmat qiladi[10].

Sharbat qadoqlashdan oldin qayta tozalanib, filtirlanadi. Muzlatilgan konsentratlari qayta ishlanadi. Tayyor boʻlib maxsus idishlarga joylangan olcha sharbati isteʼmolchilarga oziq-ovqat sifatida va qandolat mahsulotlariga qoʻshish uchun konteynerlarda yuboriladi[11].

Qoʻshma Shtatlarda olcha sharbati koʻproq Viskonsin shtatida ishlab chiqariladi. Bundan tashqari AQShning Nyu York, Pensilvaniya , Kolorado shtatlaria ham olcha sharbati ishlab chiqarigan zavodlar mavjud[12].

Ichimlik sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiiy olcha sharbati oʻtkir tamli va yuqori kislotalilikka hisoblanadi. Ichimlik mahsuloti sifatida ishlab chiqarilganda suv, shakar, sirop qoʻshib taʼmi meyorlashtiriladi. Olcha sharbati ishlab chiqarishda issiq va sovuq ekstraktsiyani aralash qoʻllash, isteʼmolchilar uchun qulay koʻrinish, rang va taʼmga ega boʻlishga imkon beradi. Olcha sharbatidan gazlangan ichimliklar ham tayyorlanadi[13].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Woodroof, J. [ISBN 978-94-011-7385-8. „Commercial Fruit Processing“]. Commercial Fruit Processing. Qaraldi: 2019-yil 9-mart.
  2. Macaulay, G.C., trans. (2008). [ISBN 978-1-135-45572-9 „Project Gutenberg“]. The History of Herodotus, vol. 1. Qaraldi: 2020-yil 2-aprel.
  3. Snodgrass, M.E. (2004) [ISBN 978-1-135-45572-9. „Taylor & Francis. p. 403“]. Encyclopedia of Kitchen History. Qaraldi: 2019-yil 9-mart.
  4. [ISBN 978-1-135-45572-9 „U.S. Government Printing Office. 1894. pp. 36–38“]. Bulletin No. 43: Committee on Finance, United States Senate. Qaraldi: 9, 2019..
  5. Macaulay, G.C., trans. (2008). [ISBN 978-1-135-45572-9 „Project Gutenberg“]. The History of Herodotus, vol. 1. Qaraldi: 2020-yil 2-aprel.
  6. "Kirsch – distilled liquor, Encyclopedia Britannica. Qaraldi: March 10, 2019."
  7. Miller, Norman (August 28, 2013). „Cherries: the finest of all fruits?“. The Guardian. Qaraldi: March 10, 2019.
  8. „Cherry juice for insomnia“. National Health Service (2010-yil 14-iyul). 2019-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
  9. Somogyi, L.; Barrett, D. M.; Hui, Y. H. (1996). Processing Fruits. Processing Fruits, Science and Technology: Volume 1: Biology, Principles, and Applications : Volume 2: Major Processed Products. Taylor & Francis. pp. 86–87. ISBN 978-1-56676-383-7. Retrieved March 9, 2019.
  10. Bates, R. P.; Morris, J. R.; Crandall, P. G. (2001). Principles and Practices of Small- and Medium-scale Fruit Juice Processing. FAO agricultural services bulletin. Food and Agriculture Organization of the United Nations. p. 176. ISBN 978-92-5-104661-6. Retrieved March 9, 2019.
  11. Muzzalupo, I.; Micali, S. (2015). Agricultural and Food Biotechnologies of Olea europaea and Stone Fruits. Bentham Science Publishers. p. 336. ISBN 978-1-60805-993-5. Retrieved March 10, 2019.
  12. Woodroof, J. (2012). Commercial Fruit Processing. Springer Netherlands. pp. 203–206. ISBN 978-94-011-7385-8. Retrieved March 9, 2019.
  13. Woodroof, J. (2012). Commercial Fruit Processing. Springer Netherlands. pp. 203–206. ISBN 978-94-011-7385-8. Retrieved March 9, 2019.