Stabilizator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Stabilizator (lot. stabilis — turgʻun, doimiy) — i. ch. jarayoni, mashina parametrlari, elektr kattaliklar va boshqa koʻrsatkichlarni bir meʼyorda ushlab turadigan asbob, moslama yoki modda. Mas, aviatsiya Si — samolyotning boʻylama turgʻunligi va boshqariluvchanligini taʼminlaydigan quyruq qanotining qoʻzgʻalmas qismi. Kuchlanish yoki tok Si tarmoqdagi kuchlanishning oʻzgarishi va nagruzka kiymatidan qatʼi nazar kuchlanish yoki tokni avtomatik tarzda birday ushlab turadi. Dengiz Si kemaning chayqalishini kamaytiradi, u giroskop prinsipiga asoslangan. Fotografik S. foto emulsiyalarning eskirishini sekinlatish yoki unga barham berish uchun ishlatiladigan modda. S. sifatida simob, oltin, platinaning kompleks birikmalari va boshqa ogʻir metallarning tuzlari ishlatiladi. P o limerlar Si ham ularning eskirishini toʻxtatuvchi modda; oksidlanishga karshilik koʻrsatuvchi antioksidantlar, fotoliz va fotooksidlanishni toʻxtatuvchi fotostabilizatorlar, nurlanish taʼsiri ostida eskirishga toʻsqinlik kiluvchi antiradlar va boshqalardan iborat.