Ichimlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ichimlik deb odam isteʼmol qilishi uchun tayyorlanadigan suyuqlikka aytiladi. Atama ichish soʻzidan olingan. Ichimliklar tarkibidagi alkogol miqdoriga qarab spirtsiz va spirtli ichimliklarga ajratiladi.

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eng keng tarqalgan ichimlik chuchuk suvdir. Suv odam va boshqa organizmlar uchun muhim suyuqlik boʻlib, odam tanasining taxminan 70 %ini tashkil etadi. Suv tuzlarni eritib, metabolizmda katta rol oʻynaydi. Shifokorlar kuniga 8 stakan (~1,8 litr) suv ichishni tavsiya etishadi.[1]

Issiq ichimliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bularga issiq choy, sut, qahva va boshqalar kiradi. Biroq choy va sut yaxna holda ichilishi ham mumkin.

Yaxna ichimliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaxna ichimliklar sovutilib ichiladi. Bularga sovuq choy, sharbat, limonad, alkogolsiz pivo va boshqalar kiradi.

Spirtli ichimliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Spirtli ichimliklarga tarkibida sezilarli miqdorda etanol bo'lgan ichimliklar: musallas, pivo, aroq va k kiradi.

Boshqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qatiq, goʻja kabi mahsulotlarni ham ichimlik, ham taom, deb hisoblash mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]