Ochilxon Otaxonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ochilxon Otaxonov
Tugʻilishi 7-aprel 1926 (1926-04-07) (93 yosh)

Otaxonov Ochilxon (1926.7.4, Andijon viloyati Naynavo qishlogʻi) — xonanda, Oʻzbekiston xalq hofizi (1992). Ovozi mayin va silliq boʻlib, talqinlari oʻta nozikligi bilan ajralib turadi. Xonandalikni togʻalari Eshonboboxon, Koʻkxon va Afandixon hofizlardan oʻrgangan. 1959 yildan Yan-giyoʻl teatrida ishlagan. Mumtoz ashulalar ("Nasrulloyi", "Talqinchai Ushshoq", "Yolgʻiz", "Ehtiyoj", "Samarqand Ushshogʻi" va boshqalar) aytish bilan birga aktyor sifatida Ilhom ("Yurak sirlari"), Tursunali ("Oltin koʻl"), Askar ("Arshin mol olon"), Haydar ("Nurxon") kabi rollarni ham ijro etgan. 1978—86 yillar Yunus Rajabiy no-midagi "Maqom" ansamblitsa ishladi. Uning repertuaridan Shashmaqom shoʻʼbalari, Fargʻona — Toshkent ma-qom yoʻllari ("Moʻgʻulchai Ushshoq", "Bayot III", "Bayot Uforisi" va boshqalar), oʻzbek mumtoz ashulalari ("Figʻon", "Sharob" kabi), zamonaviy bastakorlar asarlari ("Bir kulib qoʻy", "Kutarman", "Vafo"), katta ashulalar ("Bir kelsun", "Doʻstlar", "Koʻp erdi", "Adashganman", "Ey, dilbari jononim") oʻrin olgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil