Hamroqul Tursunqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Hamroqul Tursunqulov.jpg

Hamroqul Tursunqulov (1892, hozirgi Fargʻona tumani Vodil qishlogʻi — 1965.9.8, Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Shoʻralisoy qishlogʻi; Toshkent shahrida Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan) — qishloq xoʻjaligi. ishlab chiqarishi tashkilotchisi. 3 marta Mehnat Qaxramoni (1948, 1951, 1957). Fargʻona viloyati Chimyon volost ijroiya qoʻmitasi raisi (1922—23), Chimyon rayon "Qoʻshchi" uyushmasi raisi (1925), Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida "Birlik" va "Mehnat" qishloq xoʻjaligi. artellarini tuzgan (1929). Tojikistonda davlat xoʻjaligi direktori (1930—35). 1935 yildan to umrining oxirigacha Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi "Sharq yudduzi" kzi (hozirgi H. Tursunqulov nomidagi shirkat xoʻjaligi) raisi boʻlgan. Tursunqulov rahbarligida kolxoz respublikada ilgʻor xoʻjaliklar qatoriga koʻtarilib, dehqonchilik va chorvachilikda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan. Shoʻralisoy qishlogʻida Tursunqulov muzeyi bor. Fargʻona viloyati Fargona tumanida shirkat xoʻjaligi, Toshkent shahridagi koʻchalardan biri Tursunqulov nomiga qoʻyilgan.

Havolalar[tahrir]