Ochil Qodirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ochil Qodirov (1910 - Samarqand viloyati Qoʻshrabod tumani Sebiston qishlogʻi — 1945) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, oddiy askar. 1941 yildan frontda. 1348-oʻqchi polki (1-Belorussiya fronti 48-armiyaning 399-oʻqchi diviziyasi) pulemyotchisi. Polshaning Rujan shahri yaqinidagi jangda jasorat koʻrsatgan va shunda ogʻir yaralangan. Armiya safidan boʻshatilgan. Vafotidan soʻng Qahramon unvoni berilgan (1945-yil 24-mart). Oʻzi tugʻilgan jamoa xoʻjaligida byusti oʻrnatilgan va oʻrta maktabga nomi berilgan.