Narew

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Narew
Tavsif
Uzunligi 499 km (310 mi)
Havzasi 74,527 km2 (28,775 mi²)
Suv sarfi 320 m³/s
Joylashuvi
Davlat Polsha, Belarusiya
Narew

Narew ([ˈnarɛf]; belaruscha: Нараў ; litovcha: Narevas yoki Naruva ; Sudovian : Naura ; Qadimgi nemis : Nare ; ukraincha: Нарва) uzunligi 499 kilometr (310 mi) bo'lgan daryo, asosan, shimoliy-sharqiy Polshadan oqib oʻtuvchi Visla daryosining irmogʻi hisoblanadi. Narew Yevropaning bir nechta oʻralgan daryolaridan biri. Bu atama soch o'rimiga oʻxshab oquvchi daryolarga tegishli. Taxminan 57 kilometr (35 mil)uzunlikdagi qismi Gʻarbiy Belarusiya orqali oqib oʻtadi.

Etimologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daryo nomi proto-hind-evropa tilidagi *nr suv soʻzi (Neretva, Neris, Ner va Nur ni solishtiring)[1] yoki Litva tilidagi nerti feʼlidan, asosan, suvga shoʻngʻin va suv toshqini bilan bogʻliq[2].

Pastki qismning nomi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daryoning Gʻarbiy Bug va Visla bilan tutashgan qismi, Bugonarew, Narvio-Bug, Narvo-Bug, Bugo-Narew, Narwiobug yoki Narvobug deb nomlanadi. Shunday qilib, Bugonarev koʻpincha Bug daryosining bir qismi, Narew esa Bugning oʻng irmogʻi hisoblangan.

1962-yil 27-dekabrda Bosh vazir Yuzef Cyrankevich Zegrze suv ombori qurilganidan koʻp oʻtmay Bugonarev nomini bekor qildi[3]. Oʻshandan beri Bug daryosi rasman Narew daryosi tizimining bir qismi hisoblanib kelinmoqda. Bugonarew nomi hali ham, Pułtusk kabi mahalliy shaharlar aholisi tomonidan qoʻllaniladi.

Geografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Narew Yevropaning Wysoczyzny Podlasko — Bialoruskie deb nomlanuvchi geografik hududi orqali Polshaning Podlaskie va Masoviya vodiysi, Belorussiyaning Grodna vodiysi hududida joylashgan.

Mamlakat Uzunlik [4] Havza hududi [4]
Belarus 57 kilometr (35 mi)
Polsha 443 kilometr (275 mi) 53,846 square kilometre (20,790 mi²)
Jami 499 kilometr (310 mi) 74,527 square kilometre (28,775 mi²)

Narev Polshaning beshinchi eng uzun daryosidir .

Bondary qishlogʻi yaqinidagi Siemianowka suv ombori boʻylab yoʻldan koʻrinish, Gmina Michalovo, Podlaskie vodiysi, Polsha

Shaharlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlat hududi Shahar Gmina Qishloq Izohlar
Belarus Czoło — osada
Podlaskie Voivodeship Hajnowski Narewka Siemianówka
Białystok Michałowo Bondary
Hajnowski Narew Narew
Białystok Zabłudów Kaniuki
Juchnowiec Kościelny Czerewki
Bielsk Wyszki Strabla
białostocki Suraż Suraż
Łapy Uhowo
Turośń Kościelna Topilec
wysokomazowiecki Kobylin-Borzymy Kurowo Narwiański Park Narodowy joylashgan
Sokoły Waniewo
Białystok Choroszcz Choroszcz
moniecki Krypno Góra
Białystok Tykocin Tykocin
moniecki Trzcianne Zajki
Białystok Zawady Góra Strękowa Germaniyaning Polshaga bostitib kirishi paytida kapidan Vladislav Raginis himoya qilgan istehkomlar joylashgan
Łaś-Toczyłowo
Łomża Wizna Wizna
Piątnica Drozdowo
Łomża Siemień Nadrzeczny
Piątnica Piątnica
Łomża Łomża
kolneński Mały Płock Chludnie
Łomża Nowogród Nowogród
Zbójna Gontarze
Miastkowo Nowosiedliny
Masovian Voivodeship ostrołęcki Lelis Łęg Starościński
Rzekuń Laskowiec
Ostrołęka Ostrołęka
ostrołęcki Olszewo-Borki Ostrołęka
Rzekuń Dzbenin
makowski Różan Różan
wyszkowski Długosiodło Ostrykół Dworski
makowski Rzewnie Nowe Łachy
wyszkowski Rząśnik Nowy Lubiel
pułtuski Obryte Zambski Kościelne
Pułtusk Pułtusk
Pokrzywnica Łubienica
Zatory Stawinoga
legionowski Serock Serock
Jadwisin
Nieporęt Nieporęt
Serock Dębe
Wieliszew Topolina
Nowy Dwór Mazowiecki Pomiechówek Stare Orzechowo
Nowy Dwór Mazowiecki
Lomza yaqinidagi Narew . Daryo asta-sekin oqadi, menders hosil qiladi
Modlindagi Narev va Vislaning qoʻshilishi
Narew daryosi vodiysi Paulinovo-Dzbądzdagi baland daryo qirgʻogʻidan olingan (Rozan shahriga yaqin)
Pańki va Rzedzyan yaqinidagi Narew suv toshqinlarining oʻralgan kanallaridagi botqoqlar
Bondary qishlogʻi yaqinidagi Siemianowka suv ombori, Gmina Michalovo, Podlaskie, Polsha

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

1939-yil 23-avgustda Sovet Ittifoqi va Germaniya Polshani Narew, Vistula (Visla) va San daryolari boʻylab ajratishga rozi boʻlgan Molotov-Ribbentrop paktini imzoladilar.

1939-yil 6-sentabrda Polsha harbiy kuchlari Germaniyaning Polshaga bostirib kirishi paytida Narew daryosidan nemislar hujumiga qarshi mudofaa chizigʻi sifatida foydalanishga harakat qilishdi. Bu qaror ertasi kuni Bug foydasiga bekor qilindi, chunki nemis kuchlari allaqachon mudofani yorib oʻtgan edi.


1939-yil 17-sentabrda SSSR Polshaga bostirib kirdi. 28-sentabrga kelib Sovet Armiyasi Narew, Bug daryosi, Visla va San daryolari chizigʻiga yetib keldi. Oldindan kelishilgan holda Polshaning boʻlinishini yakunladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Witold Mańczak. Wieża Babel (pl). Wrocław: Zakład Narodowy im. Ossolińskich, 1999. ISBN 83-04-04463-3. 
  2. „Narew“. mazowsze.szlaki.pttk.pl. Qaraldi: 2018-yil 13-avgust.
  3. (polyakcha) „Monitor Polski“ 1963, nr 3, poz. 6
  4. 4,0 4,1 Statistical Yearbook of the Republic of Poland 2017, Statistics Poland, p. 85-86