Mogilyov viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mogilyov viloyati — Belorussiyadagi viloyat. 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 29 ming km². Aholisi 1245,8 ming kishi (1998). Beloruslar, shuningdek, rus, yahudiy, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 67,6%, 13 shahar, 11 shaharcha bor. Markazi — Mogilyov shahri Mogilyov viloyatining yer yuzasi balandligi 150–200 m li tekislikdan iborat. Shim.-sharqida Orsha-Mogilyov tekisligi, jan.karbida Markaziy Berezina tekisligi bor. Foydali qazilmalari: torf, bor, se-mentli mergel, fosforitlar, gil, qum. Iklimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —7°, iyulniki 17,8° (Mogilyovda). Yillik yogʻin miqdori 580–650 mm. Vegetatsiya davri 183—193 kun. Yirik daryolari Dnepr va uning irmoqlari — Berezina, Soj. Tuproklari chimli podzol, torfli botqoq va allyuvial tuproklar. Hududining 31% oʻrmon, 1% botqoklik. Tulki, tiyin, suvsar, sassiqkoʻzan, koʻrsichqon, oq tovushqon, boʻrsiq ov ahamiyatiga ega. Oʻrmonlarda los, yelik, qobon yashaydi. Boʻri, silovsin, suvlarda qunduz, norka, vixuxol uchraydi. Yenotsimon it ikdimlashtirilgan. 200 ga yaqin qush, 20 ga yaqin baliq turi bor.

Mogilyov viloyati energetika asosini yirik TETS va GESlar tashkil qiladi, mahalliy yoqilgʻi sifatida, asosan, torf ishlatiladi. Sanoatida mashinasozlik va metallsozlik muhim oʻrin egallaydi. Avtomobil, "Elektrodvigatel", "Strommashina" metallurgiya, avtomat liftlar zavodlari bor. Kimyo, yogʻochsozlik sanoati rivojlangan.

Qurilish materiallari sanoatining salmogʻi katta. Ustki va ichki trikotaj ishlab chiqariladi. Zigʻir, tola, koʻn zavodlari, tikuvchilik, koʻn-poyabzal, kigiz etik f-kalari ishlab turibdi. Oziqovqat sanoati muhim oʻrin egallaydi.

Qishloq xoʻjaligi gʻallachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Donli, yem-xashak, texnika ekinlari, kartoshka, sabzavot ekiladi. Yaylov va oʻtloqlar qishloq xoʻjaligiga yaroqyai yerlarning qariyb 20% ga yaqin maydonini egallaydi. Chorvachilik sut-goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan, qoramol (sigir), choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Transport yoʻli va avtomobil yoʻllar transporti, havo yoʻllari aloqasi rivojlangan. Dnepr, Berezina, Soj daryolarida kema qatnaydi. 4 oliy oʻquv yurti, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, Belorussiya FAning fizikatexnika, fizika institutlari filiallari, 5 muzey, 2 teatr bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil