Byust

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Byust (lot. bustum — kuydirish joyi, frans. buste — maqbaradagi haykal) — odamning koʻkrakdan yuqori — bosh qismi tasvirlangan haykal, mukammal haykaltaroshlik asari. Dastlab Misr va Yunonistonda paydo boʻlgan, soʻng Qad. Rimda portret sanʼati sifatida shakllangan (mujassamotiga taglik ham qoʻshilgan). Uygʻonish davri sanʼatida keng tarqalgan. Donatella Deziderio da Settinyano, L. Bernini, J. A. Gudon, O. Roden va boshqa, Rossiyada F. Shubin, S. Galberg va boshqa eng yaxshi B. namunalarini yaratgan. Oʻzbekiston hududida milodiy 1-asrdan boshlab B. haykallar yaratilgan. Maye, Ayritomaan topilgan musiqachilar (2-asr), Qoʻykirilgan qalʼadan topilgan ostadon qopqogʻiga ishlangan erkak boshi (2—3-asrlar), Samarqanddan topilgan ostadonning haykal kismi (6—7-asrlar).

20-asr oʻzbek haykaltaroshligida taniqli jamoat, madaniyat va sanʼat arboblarining B.lari (A. Shoymurodov, "Mehnat qahramoni Sh. Qudratov"; H. Husniddinxoʻjayev, "Mannon Uygʻurt", "Hamza"; A. Ahmedov, "Komil Yormatov"; Ya. Shapiro, "Shukur Burhonov" va boshqalar), shuningdek inson, ayol goʻzalligi tarannum etilgan B.lar (N. Feodoridis, "Ayol"; E. Tojiboyev, "Oydin" va boshqalar) ham yaratildi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil