Kontent qismiga oʻtish

Desant

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Desant (fransuzcha: descente — tushirish) — dushman egallagan hududda jangovar harakat qilishga moʻljallab samolyot, vertolyot va dengiz, daryo orqali tushirilgan yoki shu maqsadda tuzilgan qoʻshin. Bajaradigan vazifalari va maqsadi boʻyicha: strategik desant, operativ (tezkor) desant, taktik desant, maxsus vazifalarni bajaradigan desant, D. tushirish boʻyicha dengiz desanti, havo desanti, tank desanti va boshqalar. Desant bir vaqtning oʻzida ham havodan, ham dengizdan tushirilishi mumkin. Oʻzbekiston hududidagi sobiq Ittifoq xavo desanti qoʻshinlari 1992-yil 18-mayda OʻzR Prezidenti farmoniga muvofiq respublika tasarrufiga oʻtkazilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil