Obodon
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Obodon — Eronning jan.-gʻarbiy qismidagi shahar. Huziston ostonida, Shatt ul-Arab daryosi boʻyida, Fors qoʻltigʻi qirgʻogʻidan 50 km ichkarida. Aholisi 206,1 ming kishi (1997). Okean kemalari kira oladigan port. Yiliga 30 mln.t neftni qayta ishlab beradigan yirik zavod, neft-kimyo korxonasi bor. Neft konlaridan O.ga neft quvurlari oʻtkazilgan. O. orqali chetga neft va neft mahsulotlari chiqariladi. Neft instituti, xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |