Objazsoy
Jump to navigation
Jump to search
Objazsoy — Toshkent viloyatidagi soy. Qurama tizmasining shimoli-gʻarbiy yon bagʻridan boshlanadi. Ohangaron daryosining chap irmogʻi. Yuqori oqimida Sariqtoshsoy deb ataladi. Uz. 24 km, havzasining mayd 140 km². Soy Objaz dovonidan 3,5 km janubi-gʻarbda bir qancha mayda buloklardan oqib tushadi. Qor, yomgʻir va buloklardan toʻyinadi. Oʻrta va quyi oqimida vodiysi keng, yon bagʻirlari yotiq. Oʻrtacha yillik suv sarfi 0,61 m³/sek., fevralda 2,9 m³/sek. ga yetadi. 20 dan ortiq mayda irmogʻi bor, eng yirigi — Qirqqizsoy.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |