Obixingov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ObixingovTojikistondagi daryo, Vaxsh daryosining chap irmogʻi. Uzunligi 196 km, havzasining maydoni 6660 km². 500 ga yaqin katta-kichik irmogʻi bor. O. Fedchenko muzligining tarmogʻi — Garm muzligidan boshlanadi, gʻarbiy yoʻnalishda oqib, Labitor qishlogʻi yaqinida Surxob bilan qoʻshilib, Vaxshni hosil qiladi. O. asosan, muzliklarning hamda mavsumiy qor qoplamining erishidan hosil boʻlgan suvlar hisobiga toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 225 m³/sek. Jazirama yoz oylarida O.da toʻlinsuv davri kuzatiladi. Eng katta suv sarfi 1300 m³/sek. gacha yetadi. Oqimining asosiy qismi (80% ga yaqini) may—sentabr oylariga toʻgʻri keladi. Daryoda eng kam suvli davr kuz-qishda kuzatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil