Fondaryo
Jump to navigation
Jump to search
Fondaryo | |
---|---|
| |
Vikiomborda "Fondaryo" nomli sahifa mavjud |
Fondaryo, Fandaryo — Tojikistondagi daryo. Zarafshon daryosining chap irmogʻi. Hisor tizmasining shim. yon bagʻridan boshlanadigan Yagʻnobdaryo va Iskandardaryoning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uz. 24 km (Yagʻnobdaryo boshlangan joydan 140 km), havzasining maydoni 3230 km². Butun oqimi davomida Zarafshon tizmasini kesib, shim. yoʻnalishda daryo va kanʼonlardan iborat tor vodiyda, sharsharalar hosil qilib, katta oʻzanda oqadi. F. muzliklar, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Suvining 38% mart—iyun, 50% iyul—sentabr, 12% okt.— fevral oylariga toʻgʻri keladi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 62 m³/sek. Har 1 m3 suvda oʻrtacha 400 g loyqa oqib keladi. Asosiy irmogʻi — Pasruddaryo. F. vodiysidan Toshkent—Dushanba avtomobil yoʻli oʻtgan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |