Norak ges

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Norak GES
Mamlakat  Tojikiston
Joylashuvi Sugʻd viloyati Guliston shahri
Daryo Vaxsh
Kaskad Vaxsh trakti
Egasi "Barqi Tojik" OAXK
Maqomi Amalda
Qurilishi boshlangan yil 1961
Agregatlar ishga tushgan yillar 1972-1979
Asosiy tavsifi
Yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi 11 200
Elektrostansiya turi toʻgʻonli
Qisman kuchlanish 223
Elektr quvvati, MVt 3000
Uskunalar tavsifi
Turbinalar soni 9
Turbinalar soni va rusumi radial-oʻqli (9×РО 310/957-В-475)
Turbinalardan chiqish, m³/s 9×155
Elektr generatorlar 9×ВГСВФ 940/235-30
Generatorlar quvvati , megavatt 8×335, 1×320
Asosiy inshoot
Toʻgʻon turi tosh-tuproqli
Toʻgʻon balandligi, m 300
Toʻgʻon uzunligi, m 714
Shlyuz mavjud emas
Taqsimlovchi qurilma 220 kV, 500 kV
Xarita
Norak GES (Dunyo)
Norak GES

Koordinatalari: 38°22′35.29″N 69°20′59.96″E / 38.3764694°N 69.3499889°E / 38.3764694; 69.3499889 G O

Norak ges – Tojikistondagi eng yirik gidrotexnika inshootlaridan biri, Vaxsh daryosida, Norak shahri yaqinidagi Pulitangin darasida 1961-yildan qurila boshlagan. GESning loyiha quvvati 2700 MVt (300 MVtli 9 agregatdan iborat). 2 ta agregati 1972-yilda, oxirgi agregati 1979-yilda ishga tushirilgan. GES yiliga 11,2 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chikaradi. Tojikiston janubidagi sanoat majmualarini energiya bilan taʼminlaydi. GES suv ombori, toʻgʻon va elektr stansiyasidan iborat. GES toʻgʻoni balandligi 310 m dan ortiq (jahonda eng baland toʻgʻon). Bu toʻgʻon oʻrtacha 645 m³/sek suv oʻtkazadigan uskunalar bilan jihozlangan. GES 275 m suv bosimi ostida ishlaydi. Elektr energiyasi 500 va 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari orqali Oʻrta Osiyo „Energiya“ birlashgan energetika tizimiga ulangan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil