Qoratogʻdaryo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Qoratogʻdaryo



Qoratogʻdaryo - Surxondaryo viloyatidagi daryo. Surxondaryonnng yirik chap irmogʻi. Uz. 99 km, havzasining maydoni 684 km². Hisor tizmasining janubiy yon bagʻridan boshlanadi. Togʻlar orasida tor, yon bagʻirlari tik va baland vodiyda oqadi. Tskislikka oqib chiqqach, daryo vodiysi kengayadi. Daryo oʻzani shagʻal, tosh, qumtosh va boshqa jinslardan tuzilgan. Asosiy irmoqlari Shirkent va Oqjarsoy. Oʻrtacha iillik suv sarfi 22,5 m³/sek. Q. yil davomida sersuv boʻladi. Qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Yillik oqimning 56.7% mart — iyun oylarida. 31,8% iyul — sentabr va 11,5% oktabr — fevral oylarida oqib oʻtadi. Daryodan bir necha ariq va kanallar chiqarilgan.