Oʻzbekiston davlat bayrogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i
Ўзбекистон Республикасининг Давлат байроғи

Flag of Uzbekistan.svg

Taʼsis qilingan 1990 yil 20 avgust
Mutanosibligi 1:2

O‘zbekiston bayrog‘i (rasmiy atalishi: O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i) — O‘zbekiston gerbi va O‘zbekiston madhiyasi kabi O‘zbekiston Respublikasining rasmiy davlat ramzi sanaladi. 1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini e'lon qilganidan so‘ng 1991 yilning 18 noyabrida[1] O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan.

Taʼrifi[tahrir]

1992 yilgi pochta markasida O‘zbekiston bayrog‘i.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi matoda aks etgan bo‘lib, uchta asosiy gorizontal rangdor bo‘laklarga bo‘lingan. Ular: yorqin moviy, oq, yorqin yashil. Bu bo‘laklar orasini ikkita qizil rangdagi gorizontal chiziqlar ajratib turadi.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ramzi mamlakat hududida ilgari mavjud boʻlgan gʻoyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos boʻlgan eng yaxshi anʼanalarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy oʻzligini ham aks ettiradi.

Bayroqdagi havorang — zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy — lojuvard — havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida buyuk Amir Temur ham oʻz bayrogʻiga bu rangni tanlagan.

Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat oʻz yoʻlida baland dovonlardan oshib oʻtishi kerak. Bayroqdagi oq rang Oʻzbekiston Respublikasi tanlagan yoʻlning musaffo va charogʻon boʻlishi uchun yaxshi niyat ramzidir.

Qizil yoʻllar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.

Yashil rang — serneʼmat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir.

Yarimoy — Oʻzbekiston xalqining koʻp asrlik anʼanalariga muvofiq keladi. Yarimoy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri mukammallik belgisidir.

O‘zbekiston hududlarining bayroqlari[tahrir]

O‘zbekistonning tarixiy bayroqlari[tahrir]

Buxoro[tahrir]

Buxoro xonligi, keyinroq Buxoro amirligi, keyin Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi.

Xiva[tahrir]

Xorazm, keyinchalik Xiva xonligi, keyin Xorazm Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi.

Turkiston muxtoriyati (Qo‘qon muxtoriyati)[tahrir]

Sobiq Qo‘qon xonligining hududi 1917 yil Mustafo Cho‘qay boshchiligidagi jadidlar, erksevarlar tomonidan mustaqil Turkiston muxtoriyatiti e'lon qiladilar. Turkiston muxtoriyatining bayrog‘i Turkiya bayrog‘idan andoza olingan holda loyihalashtirilgan.

Turkiston (Qo‘qon) muxtoriyatining bayrog‘i 1917 yil 27 noyabrdan 1918 yil 22 fevralgacha

Turkiston[tahrir]

Turkiston General-gubernatorligi keyinroq Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi.

O‘zbekiston[tahrir]

O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi.

Manbalar[tahrir]