Oʻzbekiston bayrogʻi
Oʻzbekiston bayrogʻi | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Mutanosibligi | 1:2 |
Qabul qilindi | 18-noyabr, 1991-yil |
Dizayn | Gorizontal yorqin moviy, oq va yorqin yashil boʻlaklar orasini ikkita qizil rangli chiziqlar ajratib turadi. Yarimoy va oʻn ikkita besh yulduz koʻk boʻlakning chap tomonida joylashgan. |
Bayroq mualliflari | Farhod Yoʻldashev[1] |
Ushbu sahifani Oʻzbekiston bayroqlari bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Oʻzbekiston bayrogʻi (rasmiy atalishi: Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi) — Oʻzbekiston gerbi va Oʻzbekiston madhiyasi kabi Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy davlat ramzi sanaladi. 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan soʻng 1991-yilning 18-noyabrida[2] Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan. 2024-yil 33 yilligni nishonlaymiz
Taʼrifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi matoda aks etgan boʻlib, uchta asosiy gorizontal rangdor boʻlaklarga boʻlingan. Ular: yorqin moviy, oq, yorqin yashil. Bu boʻlaklar orasini ikkita qizil rangdagi gorizontal chiziqlar ajratib turadi.
Oʻzbekiston bayrogʻi ramzi mamlakat hududida ilgari mavjud boʻlgan gʻoyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos boʻlgan eng yaxshi anʼanalarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqning milliy va madaniy oʻzligini ham aks ettiradi.
Bayroqdagi havorang — zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy — havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida Amir Temur ham oʻz bayrogʻiga bu rangni tanlagan.
Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Bayroqdagi oq rang Oʻzbekiston Respublikasi tanlagan yoʻlning musaffo va charogʻon boʻlishi uchun yaxshi niyat ramzidir.
Qizil yoʻllar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.
Yashil rang — serneʼmat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir.[3][4]
Yarimoy — Oʻzbekiston xalqining koʻp asrlik anʼanalariga muvofiq keladi. Yarimoy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri mukammallik belgisidir.[5]
Rang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ranglar sxemasi |
Koʻk | Qizil | Yashil | Oq |
---|---|---|---|---|
CMYK | 100-15-0-29 | 0-96-84-19 | 87-0-70-29 | 0-0-0-0 |
HEX | #009AB6 | #CF0921 | #18B637 | #FFFFFF |
RGB | 0-154-182 | 207-9-33 | 24-182-55 | 255-255-255 |
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston hududlarining bayroqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Qoraqalpogʻiston Respublikasining bayrogʻi
Oʻzbekistonning tarixiy bayroqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andijon
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buxoro xonligi, keyinroq Buxoro amirligi, keyin Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi.
-
Buxoro amirligining bayrogʻi (1920-yil 1-sentabrgacha)
-
1919-yildan 1920-yil 20-sentabrgacha
-
1920-yil 20-sentabrdan 1921-yil 23-sentabrgacha
-
1921-yil 23-sentabrdan 1923-yil 11-oktabrgacha
-
1921-yil 23-sentabrdan 1923-yil 11-oktabrgacha (boshqa koʻrinishi)
-
1922-yil 6-apreldan 1923-yil 15-iyulga qadar choʻzilgan xalq qoʻzgʻolonining bayrogʻi (1990-yillarga Erk demokratik partiyasi ham foydalangan)
-
1923-yil 11-oktabrdan 1924-yil 19-sentabrgacha
-
1924-yil 19-sentabrdan 1925-yilgacha
Xiva
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xorazm, keyinchalik Xiva xonligi, keyin Xorazm Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi.
-
1917-yilgacha Xiva xonligining bayrogʻi
-
1917-yildan 1920-yil yanvargacha
-
1920-yil yanvardan 1920-yil 30-aprelgacha
-
1920-yil 30-apreldan 1921-yil maygacha
-
1921-yil maydan 1922-yil iyulgacha
-
1922-yil iyuldan 1923-yil 23-oktabrgacha
-
1923-yil 23-oktabrdan 1924-yil 2-oktabrgacha (boshqa ma'lumotlarda 1925-yilgacha)
Turkiston muxtoriyati (Qoʻqon muxtoriyati)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sobiq Qoʻqon xonligining hududi 1917-yil Mustafo Choʻqay boshchiligidagi jadidlar, erksevarlar tomonidan mustaqil Turkiston muxtoriyatiti eʼlon qiladilar. Turkiston muxtoriyatining bayrogʻi Turkiya bayrogʻidan andoza olingan holda loyihalashtirilgan.
Turkiston
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkiston general-gubernatorligi, keyinroq Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi.
-
1918–1924
Oʻzbekiston
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi.
-
1925-yil 22-iyuldan 1926-yil 9-yanvargacha
-
1926-yil 9-yanvardan 1931-yilgacha
-
1931-yildan 1935-yil yanvargacha
-
1935-yil yanvardan 1937-yilgacha
-
1937-yildan 1941-yil 16-yanvargacha
-
1941-yil 16-yanvardan 1952-yil 29-avgustgacha
-
1952-yil 29-avgustdan 1991-yil 18-noyabrgacha
-
1991-yil 18-noyabrdan hozirgacha
Oʻxshash bayroqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Qoraqalpogʻiston bayrogʻi
-
Namibiyaning Kaprivi Afrika milliy birligi siyosiy partiyasi bayrogʻi
-
Kolumbiya, Caldas departamenti Centro Sur okrugiga qarashli Villamaría munitsipaliteti bayrogʻi
-
Lesoto bayrogʻi
-
Boshqirdiston bayrogʻi
-
Ovambo davlatining (hozirgi Namibiya hududida) 1973–1990-yillarda amalda boʻlgan bayrogʻi
-
Kolumbiya, Caldas departamenti Bajo Occidente okrugiga qarashli San José munitsipaliteti bayrogʻi
-
Syerra-Leone bayrogʻi
-
Tayvanning Hakka partiyasi bayrogʻi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.facebook.com/groups/974922235916739/posts/2930521463690130/
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi haqida
- ↑ Waters, Bella. Uzbekistan in Pictures. Twenty-First Century Books, 2006 — 191-bet. ISBN 9780822526735. Qaraldi: 2014-yil 18-may.
- ↑ „Uzbekistan“. The World Factbook. CIA. Qaraldi: 2014-yil 18-may.
- ↑ Legislative Chamber of Oliy Majlis of Uzbekistan. „Ўзбекистон Республикасининг Давлат Байроғи“ [National Flag of the Republic of Uzbekistan] (Uzbek). Oliy Majlis. 2021-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Oʻzbekiston bayrogʻi haqida turkum mavjud |
- Oʻzbekiston Flags of the World saytida (ingl.)
- Uzbekistan — Vexillographia (rus.)