Nurmuhammadbek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nurmuhammadbek qoʻrboshi
Nurmuhammadbek Qoʻshoqvoy hoji oʻgʻli
Fargʻonalik qoʻrboshi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1895-yil
Fargʻona
Vafoti 1983-yil

Nurmuhammadbek Qoʻshoqvoy hoji oʻgʻli — (1895—1983) — Fargʻonalik qoʻrboshi. Nurmuhammadbek qoʻrboshi Turkistondagi milliy ozodlik harakatining faol ishtirokchisi[1].

Qoʻrboshilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fargʻona vodiysida 9 mingtaqa qoʻmondonining sakkinchisi. Shermuhammadbek qoʻrboshining ukasi. 1918-yil Margʻilonda qizil armiyaga qarshi kurashlar olib borgan. U akasi Shermuhammadbekning asosiy oʻrinbosari sifatida janglarda faol ishtirok etgan. Nurmuhammadbek qoʻl ostida 23 nafar qoʻrboshi Yusufbek, Askarbek, Joʻrabek, Ahmad Polvon, Aliyorbek, Toʻxtasinbek, Qoraboy, Ergashbek va boshqalar faoliyat koʻrsatishgan. Shahobiddin Yassaviy Nurmuhammadbek toʻgʻrisida shunday taʼrif keltiradi: "Niyohat botir, yosh qahramon qoʻmondonlardan biri edi. Shermuhammadbekning birodaridir. Dushmanga qirgʻin bergan botir". Fargʻona vodiysidagi tinimsiz kurashlardan soʻng 1923-yilning boshida Shermuhammadbek va Nurmuhammadbek Afgʻonistonga oʻtib ketgan. 1923-yilning oʻrtalarida Nurmuhammadbek yana Fargʻona vodiysiga kelib istiqlolchilik harakatini davom ettiradi. U muhojirlik davrida AQSh, Avgʻoniston, Turkiya kabi davlatlarda istiqomat qiladi. Nurmuhammadbek 1983-yil 10-yanvarda Turkiyaning Adana shahrida 88 yoshida vafot etgan. 1921-yilning Nurmuhammadbek Muhiddinbek qoʻrboshining qiziga uylanadi. Uning katta oʻgʻli Abdulhamid SSSR hududida qolib ketgan boʻlib, sovet-fin urushida halok boʻlgan edi. Nurmuhammadbek 1930-yil Qobulda Sobirxon ismli qizga uylanadi. Undan ikki nafar farzand Surmaxon va Anvarbek dunyoga keladi. Nurmuhammadbek oʻgʻli bugungi kunda AQShning Nyu-Jersi shtatidagi Boonton shahrida yashamoqda. Surmaxon esa amakisi Shermuhammadbekning oʻgʻli Davronbekka 1953-yili Qobulda turmushga chiqqqan boʻlib, u ham hozrgi kunda Boonton shahrida istiqomat qilmoqda. Nurmuhammadbek faoliyati davomida Turkiston milliy ozodligi uchun faol kurash olib boradi[2].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari “Oʻzbekiston tarixi” jurnali. — 2022.
  2. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari. Toshkent: „Fan“, 2022 — 400 bet.