Arlot polvon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Arlot Polvon
Arlot Polvon
Buxorodagi mashhur qoʻrboshi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1890-yil
Sharqiy Buxoroda
Vafoti 1932-yil

Arlot Polvon— (1890—1932) — Sharqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi kurashgan qoʻrboshilardan biri. Ibrohimbek qoʻrboshining safdoshi[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arlot Polvon 1890-yil Sharqiy Buxoroda tavallud topgan. Kelib chiqishi oʻzbek laqaylarining dovud urugʻidan boʻlgan. Uning oilasi Tojikiston SSR Qizilmozor tumani Urildi qishlogʻida istiqomat qilgan.

Qoʻrboshilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1920-yilda Arlot Polvon qizil armiyaga qarshi oʻz harakatini akasi Ismatning guruhida boshlagan. U 70 kishidan iborat guruh tashkil etgan. Akasi Ismat vafotidan keyin guruhga boshchilik qilgan. 1926-yilda u Afgʻoniston hududiga oʻtib ketdi. 1929-yilda Arlot Polvon va uning yigitlari 2 marta Tojikiston SSR hududiga oʻtib, Koʻlob tumanida qizil askarlar bilan boʻlgan jangda yana ortiga qaytib ketgan. 1929-yil 5-oktabrda Arlot Polvon Afgʻonistondan Chubek mavzesi orqali Tojikistonning Koʻlob tumanidagi Qayragʻoch qishlogʻida qizil askarlarga qarshi kurash olib borgan. 1930-yil 12-aprel xuddi shunday hujum uyushtirgan paytda qattiq yaralanadi. 1931-yil martda Ibrohimbek bilan Arlot Polvon ham Afgʻonistondan 200 nafar safdoshi bilan sovet chegarasidan oʻtadi. Jilontogʻdagi qurultoydan soʻng u shu yerda qoladi va uning shu paytda safdoshlari 130 nafar boʻlgan. U Jariqbuloq, Tulkibuloq va Oqsoy hududlarida qizil armiyaga qarshi kurash olib borgan. 1931-yil 29-30-iyul kunlarida Beshkapa Arlot Polvon va qizil armiya oʻrtasida janglar boʻlib oʻtgan. U oʻzining 7 nafar yigiti bilan 1931-yil 1-avgustda Parxar tumani Jinishka (Ingichka) qishlogʻida 3- komendatura boshqarmasining qozoqlar otryadi tomonidan qamoqqa olingan. 1932-yil 13-apreldagi OGPU kollegiyasining qarori bilan Toshkentda 1932-yil 10-avgustda 42 yoshda otib tashlangan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rajabov Q. Ibrohimbek qoʻrboshi va safdoshlari jasorati. Toshkent: „Fan“, 2022 — 399 bet. 
  2. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari. Toshkent: „Fan“, 2022 — 400 bet.