Mulla Niyoz parvonachi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mulla Niyoz Parvonachi
Mulla Niyoz Parvonachi Hakimov
Buxorodagi mashhur qoʻrboshi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1878-yil
Sharqiy Buxorodagi Shahrinav tumani
Vafoti 1932-yil
Toshkent

Mulla Niyoz Parvonachi Hakimov — (1878—1932) — Sharqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi kurashgan qoʻrboshilardan biri. Ibrohimbek qoʻrboshi va Anvar Poshoning safdoshi[1].

Qoʻrboshilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mulla Niyoz Parvonachi 1878-yili Sharqiy Buxorodagi Shahrinav tumanidagi Iskich qishlogʻida oʻzbek xonadonida tavallud topgan. U musulmoncha taʼlim olgan. Buxoro amirining amaldorlaridan biri boʻlgan. 1921-yilda Mulla Niyoz Parvonachi qizil armiyaga qarshi oʻz faoliyatini boshlagan. Mulla Niyoz harbiy sarkarda Anvar Poshoning guruhida boʻlgan. U faoliyati davomida parvonachi unvonini Anvar Poshodan olgan. Keyinchalik u ham harakatlarga boshchilik qiladi. 1925-yilda u Afgʻonistonga oʻtib ketadi va u yerda Amir Olimxon va Ibrohimbek oʻrtasida elchilik faoliyatini olib boradi. 1931-yilda Ibrohimbek bilan birgalikda Tojikiston SSR bilan birgalikda Tojikiston SSR hududiga qaytgan va Choltogʻdagi qurultoyda ishtirok etgan. Tarixchi olim Qahramon Rajabov 1931-yil 23-avgustda boʻlib oʻtgan Mulla Niyoz Parvonachi bilan bogʻliq tergovi hujatlarini oʻrgangan. Unga koʻra Mulla Niyoz Sharqiy Buxoroda boshlangan tartibsizliklar oqibida Mulla Niyoz Parvonachi ham oilasini qoldirib, oʻzi Farxar chegara posti orqali, 1925-yilda Afgʻonistonga oʻtib Xonobodda 10 kun yashab, keyin Qobulga Amir Olimxonning oldiga boradi va shu yerda 6 oy davomida savdo ishlari bilan shugʻullanadi. Keyinchalik savdo qilish maqsadida Qobuldan Xononodga kelib dehqonchilik shirkatini tashkil etgan va u yerda toʻrt oy yashagan. 1926-yil Ibrohimbek Qobulga qaytganch, Mulla Niyoz ham uning huzuriga boradi. 1929-yil bahorda Ibrohimbek Xonobodga ketadi. Bundan besh oy oʻtib yana Mulla Niyoz Parvonachi ham u yerga boradi. 1931-yil 22-yunda Stalinobod GPUsi tomonidan u qamoqqa olinadi. 1932-yil 13-aprelda otuvga hukm qilinadi. Toshkentdagi turma kasalxonasida 54 yoshida vafot etadi[2].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rajabov Q. Ibrohimbek qoʻrboshi va safdoshlari jasorati. Toshkent: „Fan“, 2022 — 399 bet. 
  2. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari. Toshkent: „Fan“, 2022 — 400 bet.