Eshon Sulton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eshon Sulton
Eshon Sulton
Sharqiy Buxoroda faoliyat koʻrsatgan yirik qoʻrboshi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1875-yil
Darvoz bekligi (Childara) yaqinidagi Yazgan qishlogʻida
Vafoti 1922-yil

Eshon Sulton — (1875—1922) — Sharqiy Buxorodagi taniqli ulamo va davlat arbobi, istiqlolchiligining rahbarlaridan biri[1].

Qoʻrboshilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eshon Sulton Darvoz bekligi (Childara) yaqinidagi Yazgan qishlogʻida eshon oilasida tavallud topgan. U yoshligida mukammal diniy tarbiya olgan. Eshon Sulton uch marotaba Makka va Madinaga Haj ziyoratiga borgan. Qorategin va Darvoz bekliklarida uning nufuzi baland boʻlgan. U Darvoz bekligining hokimi ham boʻlgan. 1921-yil Hisorga kelgan Amir Olimxon uni huzuriga chaqirib, ruslarga qarshi milliy ozodlik kurashiga daʼvat qilgan. U qizil askarlarga qarshi Sharqiy Buxorodagi qoʻzgʻolonchilarning rahbari sifatida janglar olib borgan. Eshon Sulton Fuzayl Mahdum bilan birlashadi va 1921-yil martda Darvoz bekligi markazi Qal’ayi Xumbni, iyun oyida Surxobning chap qirgʻogʻidagi Langar, Xost va Mahalla qishloqlarini qizil askarlardan ozod qilgan. 1921-yil avgustda BXSR hukumati tomonidan Eshon Sulton Gʻarm viloyati inqilobiy qoʻmitasining raisi hisoblangan. Biroq keyinchlik u yana qoʻzgʻolonchilar tarafiga oʻtgan. 1922-yil 16-fevralda Eshon Sulton Dushanbeni qizil askarlardan ozod qilishda faol ishtirok etadi. Anvar Poshoning Boysundan Baljuvongacha boʻlgan barcha harbiy yurishlarda uning yonida boʻlgan. Biroq Salim Poshoning buyrugʻi bilan Sulaymonga sovet hokimiyatiga yon bosganlik va boshqa ayblar qoʻyilib, Tabildarada dorga osib oʻdiradi. Ularning ukasi Eshon Rahmat bu paytda sovet hokimiyati tomonga oʻtgan edi. U faoliyati davomida sovet rejimiga qarshi kurash olib bordi. Eshon Sulton Buxoroda qoʻrboshilik faoliyatini olib borib, sovet hukumatiga qarshi kurash olib borgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari “Oʻzbekiston tarixi” jurnali. — 2022.
  2. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari. Toshkent: „Fan“, 2022 — 400 bet.