Hamro polvon Shodiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hamro polvon Shodiyev (1892, Romitan tumanidagi Rabotarak qish-logʻi — 1942.4.8, Buxoro) — Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat rahbarlaridan biri, polvon. Yoshligidan boshlab polvon sifatida nom chiqargan, buxorocha kurashning mohir ustasi hisoblangan. S. Ayniyning yozishicha, Hamro polvon Shodiyev Buxoroda oʻtkazilgan Guli surx sayli — Navroʻz bayramida barcha raqiblari kuragini yerga tekkizib, Buxoro amirligining bosh polvoni deb topilgan (1911 yil mart). U keyinchalik yuzboshi unvoniga sazovor boʻlib, Amir Said Olimxon saroyida xizmat qilgan.

Buxoro bosqinipan soʻng Hamro polvon Shodiyev boshchiligidagi harbiy toʻda Buxoro va uning atrofida qizil askarlarga qarshi kurashgan (1920 — 23). Soʻngra u qurolli kurashni toʻxtatgan va tinch hayotga qaytgan (1924).

20-asrning 20|-yillari oʻrtalaridan boshlab BuxorO vohasidagi Jilvon mavzesini oʻzlavdtirishga kirishgan. Sovet rejimi tomonidan u 3 marta qamoqqa olingan. Buxoroning Gʻoziyon madrasasida maxsus qamoqxonada ochlikdan vafot etgan. 1992 yil 30 martda oqlangan. Xoki Shofirkon tumanidagi Oqmozor qabristoniga qayta dafn etilgan (2004 yil may). Hamro polvon Shodiyev faoliyati haqida yozuvchi Dilshod Rajab "Jil-von oʻgʻloni" tarixiy essesini yozgan (2001). Shofirkon tumani Jilvon mavzesidagi oʻzi asos solgan qishloqqa Hamro polvon Shodiyev nomi berilgan. Har yili bu yerda Hamro polvon Shodiyev xotirasiga atab respublika miqyosida yosh kurashchilar musobaqasi muntazam oʻtkazilmoqda.

Adabiyot[tahrir]

  • Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida), T., 2000; Rajabov Q., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T, 2002. Qahramon Rajabov.